Samsung nv75j5170bs [290/304] Tozalash

Samsung nv75j5170bs [290/304] Tozalash
62 O'zbek
Xizmat ko‘ rsatish
Xizmat ko‘ rsatish
Tozalash
OGOHLANTIRISH
• Tozalashdan avval pech va aksessuarlarning
sovuganligiga ishonch hosil qiling
• Dag’al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar,
tirmovchi mochalka yoki lattalar, po’lat yung,
pichoq yoki boshqa tirnovchi materiallardan
foydalanmang.
Pechning ichki qismi
• Pechning ichki qismini tozalash uchun toza
latta va mo’tadil tozalash vositasi yoki iliq
sovunli suvdan foydalaning.
• Eshikcha zichlagichini qo’lda tozalamang.
• Pechning emal yuzasini shikastlanmasligi
uchun standart pech tozalagichidan
foydalaning.
• Qotgan dog’larni ketkazish uchun maxsus
pech tozalagichidan foydalaning.
Pechning tashqi yuzasi
Pechka eshigi, tutqichi va displeyi kabi
tashqi yuzalarni tozalash uchun toza mato va
yumshoq tozalash vositasi yoki iliq sovunli
suvdan foydalaning va quruq latta yoki sochiq
bilan arting.
Ichidan qaynoq havo chiqayotgani uchun yog‘
va kirlar ayniqsa tutqich atroda qolib ketishi
mumkin. Har gal ishlatgandan so‘ng tutqichni
tozalash tavsiya etiladi.
Aksessuarlar
Har gal foydalangandan keyin aksessuarlarni
yuving va oshxona sochig’i bilan quriting.
Qotgan kirlarni ketkazish uchun ishlatilgan
aksessuarlarni yuvishdan oldin iliq sovunli
suvda 30 daqiqacha iviting.
Katalitik emalli yuza (ayrim
modellardagina)
Olinadigan qismlar to‘q kulrang katalitik emal
bilan qoplangan. Konveksion isitish paytida
ular havo aylanishi tufayli yo‘g va moylardan
kirlanishi mumkin. Ammo bu kirliklar 200 °C
yoki undan yuqori haroratda kuyib ketadi.
1. Barcha aksessuarlarni pechdan olib qo’ying.
2. Pech ichini tozalang.
3. Maksimal harorat bilan Konveksiya rejimini
tanlang, keyin siklni bir soat ishlating.
NV75J5540RS_WT_DG68-00616J-00_UZ.indd 62 2015-05-20 �� 5:03:59

Содержание

Похожие устройства