Samsung nv75j5170bs [286/304] Ko p ishlatiladigan avtomatik retseptlar to plami

Samsung nv75j5170bs [286/304] Ko p ishlatiladigan avtomatik retseptlar to plami
58 O'zbek
Aqlli pishirish
Aqlli pishirish
Ko‘p ishlatiladigan avtomatik retseptlar to‘plami
Kartoshkali taom
Tarkibi 800 g kartoshka, 100 ml sut, 100 ml qaymoq, 50 g ko‘pirtirilgan tuxum,
1 qoshiq tuz, qalampir, muskat yong‘og‘i, 150 g qirilgan pishloq, sariyog‘,
toshcho‘p
Tayyorlash usuli Kartoshkani archib, 3 mm qalinlikda parraklang. Gratin idishi yuzasiga sariyog‘
surting (22-24 sm). Boshqa masalliqlarni tayyorlaguncha parraklarni toza
sochiqqa yoyib, ustini yopib qo‘ying.
Qolgan masalliqlarni tog‘orada yaxshilab aralashtiring, qirilgan pishloqdan
tashqari. Kartoshka parraklarini idishga yoying va aralashmani ustidan
quying. Uning ustidan qirilgan pishloqni sepib, dimlang. Pishirgandan so‘ng
tortishdan oldin ustiga birnechta toshcho‘p bargidan qo‘ying.
Sabzavotli gratin
Tarkibi 800 g sabzavot (qovoqcha, pomidor, piyoz, sabzi, qalampir, pishgan
kartoshka), 150 ml qaymoq, 50 g ko‘pirtirilgan tuxum, 1 qoshiq tuz, ziravor
(qalampir, petrushka yoki rozmarin), 150 g qirilgan pishloq, 3 qoshiq zaytun
yog‘i, toshcho‘p barglari
Tayyorlash usuli Sabzavotlarni yuvib, 3-5 mm qalinlikda to‘g‘rang. Parraklarni gratin idishiga
yoyib (22-24 cm), ustidan yog‘ quying. Pishloqdan tashqari masalliqlarni
aralashtirib, sabzavotlar ustiga quying. Uning ustidan qirilgan pishloqni sepib,
dimlang. Tortishdan oldin ustiga birnechta toshcho‘p bargidan qo‘ying.
NV75J5540RS_WT_DG68-00616J-00_UZ.indd 58 2015-05-20 �� 5:03:59

Содержание

Похожие устройства