Redmond RBM-1912 [30/64] Xavfsizlik choralari

Redmond RBM-1912 [30/64] Xavfsizlik choralari
30
Ushbu mahsulotdan foydalanishni boshlashdan avval undan foydalanish bo’yicha qo’llanmani
diqqat bilan oqib chiqing va uni kelajakda foydalanish uchun saqlang. Jihozdan tog’ri
foydalanish uning xizmat ko’rsatish muddatini anchagina uzaytiradi.
Ushbu qo‘llanmada mavjud bo‘lgan xavfsizlik choralari va korsatmalar jihozdan foydalanish
jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barchma holatlarni qamrab olmaydi. Qurilma bilan
ishlash vaqtida foydalanuvchi sog‘lom aqlga amal qilishi, ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishi kerak.
XAVFSIZLIK CHORALARI
Texnika xavfsizligi talablariga va mahsulotdan foydalanish qoidalariga
amal qilmaslik natijasida yetkazilgan shikastlanishlar uchun ishlab
chiqaruvchi javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
Ushbu elektr jihozi maishiy sharoitlarda taom tayyorlash uchun
mo’ljallangan kop funksiyali qurilma hisoblanadi va u kvartirada, shahardan
tashqaridagi uylarda, mehmonxonalarda, do’konlarning maishiy xonalarida,
oslarda yoki nosanoat maqsadlarida foydalanishning boshqa shunga
o’xshash sharoitlarida qo’llanilishi mumkin. Qurilmadan sanoat
maqsadlarida yoki qurilma mo’ljallanmagan boshqa istalgan maqsadlarda
foydalanish mahsulotdan tegishli tarzda foydalanish shartlarining buzilishi
hisoblanadi. Bunday hollarda ishlab chiqaruvchi bo’lishi mumkin bo’lgan
oqibatlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
Qurilmani elektr tarmog’iga ulashdan avval undagi kuchlanishning jihoz
ta’minoti nominal kuchlanishiga mos ekanligini tekshiring (mahsulot
texnik xususiyatlari yoki zavodda yopishtirilgan yorliqqa qarang).
Jihoz istemol qiladigan kuchlanishga mo’ljallangan uzaytirgichdan
foydalaning. Ushbu talabga amal qilmaslik qisqa tutashuv yoki kabelning
kuyishiga olib kelishi mumkin.
Jihozni faqat yerga ulangan rozetkaga ulang bu elektr toki urishidan
himoya qilishning amal qilinishi shart bo’lgan talabidir. Uzaytirgichdan
foydalanganda uning ham yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
DIQQAT! Jihoz ishlagan vaqtda uning korpusi, jom va metall
detallari qiziydi! Ehtiyot bo’ling! Oshxona qo’lqoplaridan
foydalaning. Qaynoq bug’dan kuyishni oldini olish uchun qopqoqni
ochgan vaqtda jihoz ustiga engashmang.
Foydalanib bo’lgandan song hamda uni tozalash yoki kochirish vaqtida
jihozni rozetkadan uzib qo’ying. Elektr tarmog’iga ulash shnurini quruq qo’l
yordamida o’tkazgichdan emas, balki vilkadan ushlagan holda sug’uring.
Elektr ta’minot shnurini eshik tirqishlaridan yoki issiqlik manbalari
yaqinidan o’tkazmang. Elektr ta’minot shnurining buralib qolmasligi va
bukilmasligi, o’tkir buyumlarga, mebellarning burchaklari va qirralariga
tegib turmasligini kuzatib boring.
YODDA TUTING: elektr ta’minot kabelining tasodifan shikastlanishi
kafolat shartlariga tog’ri kelmaydigan shikastlanishlarga hamda elektr
tokining urishiga olib kelishi mumkin. Shikastlangan elektr ta’minot
kabelini xizmat ko’rsatish markazida darhol almashtirish talab qilinadi.
Jihozni yumshoq yuza ustiga ornatmang, uni ishlash vaqtida yopib qo’ymang
bu qurilmaning qizib ketishi va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Jihozdan ochiq havoda foydalanish ta’qiqlanadi — qurilma korpusi ichiga
namlik yoki begona buyumlarning kirishi uning jiddiy shikastlanishiga
olib kelishi mumkin.
Jihozni tozalashdan avval uning elektr tarmog’idan uzilganligi va to’liq
sovuganligiga ishonch hosil qiling. Jihozni tozalash bo’yicha korsatmalarga
qat’iy amal qiling.
Jihoz korpusini suvga botirish yoki uni suv oqimi ostiga joylashtirish
TAQIQLANADI.
Ushbu jihoz jismoniy, asab yoki ruhiy jihatdan chetlanishlarga ega bo’lgan
yoki tajribasi va bilimi yetarli bo’lmagan kishilar (jumladan bolalar)
tomonidan foydalanish uchun mo’ljallanmagan, bunday shaxslar ustidan
nazorat olib borilayotgan yoki ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs
tomonidan ularga ushbu jihozdan foydalanish bo’yicha korsatmalar berish
o’tkazilayotgan hollar bundan mustasno. Ularning jihoz, uning ehtiyot

Содержание