Redmond RBM-1912 [35/64] Foydalaniladi tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 1 soat 20 daqiqagacha

Redmond RBM-1912 [35/64] Foydalaniladi tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 1 soat 20 daqiqagacha
RВМ-1912
35
UZB
foydalaniladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 1 soat 20 daqiqagacha
bo’lgan diapazonda o’zgartirish mumkin. Standart tayyorlash vaqti — 40 daqiqa.
19. «ВЫПЕЧКА» («PISHIRIQ») dasturi
Dastur biskvitlar va tayyor xamirdan turli mahsulotlar pishirish hamda pishmagan mahsulotlarni
to’la tayyor holatgacha yetkazish uchun tavsiya qilinadi. Bu dasturda qorish va tindirish
bosqichlari mavjud emas. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 20 daqiqadan 2 soatgacha
bo’lgan diapazonda qo’lda o’zgartirish mumkin. Standart tayyorlash vaqti 1 soat. Ishga
tushirishni kechiktirish va avtomatik isitish funksiyalari hamda mahsulot vaznini tanlash
imkoniyatidan foydalanib bo’lmaydi.
Sifatli natijani olish uchun REDMOND RВМ-1912 nonpishirgichiga ilova qilinadigan, ushbu
model uchun maxsus ishlab chiqilgan pazandachilik kitobidan olingan taom tayyorlash
bo’yicha retseptlardan foydalanishni taklif qilamiz. Tegishli retseptlarni siz yana www.redmond.
company saytidan ham topishingiz mumkin.
I V. NON PISHIRISH BOYICHA UMUMIY TAVSIYALAR
Xamir konsistensiyasi
Agar xamir ishchi idishning yon devorlariga xaddan tashqari ko’p yopishib qolaversa, devorlarga un
seping. Agar xamir xaddan tashqari quruq bo’lsa, bir osh qoshiq iliq suv qoshing. Idish yon devorlariga
yopishib qolgan barcha masalliqlarni yog’och yoki plastik qoshiq bilan olib tashlash mumkin. Buning
uchun metall buyumlardan foydalanmang ular shaklning kuyishga qarshi qoplamasini shikastlab
qo’yishlari mumkin. Qopqoqni zarur bo’lganidan ortiq vaqt ochiq qoldirmang.
Pishirish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari
Nonpishirgichda tayyorlangan nonning mazasi va teksturasiga kopgina omillar ta’sir korsatadi:
masalliqlarning xususiyatlari, oshxonadagi harorat, atmosfera bosimi. Non pishirish bo’yicha o’z
retseptingizdan foydalanishda ushbu qo’llanmada keltirilgan mahsulotlarni solish va dasturni
tanlash bo’yicha tavsiyalarga qat’iy amal qiling. Masalliqlarni vazn bo’yicha aniq o’lchang. Boshqa
nonpishirgichlar uchun pazandachilik kitoblaridan olingan retseptlardan foydalanganda 500
gramm yoki 750 gramm tayyor non vaznini nazarda tuting. Ishchi sig’imni uning hajmining
to’rtdan bir yoki kopi bilan uchdan bir qismidan ortiq darajada to’ldirmang. Aks holda xamir
ko’tarilgan vaqtda shakl chetlari orqali qizdirish kamerasiga oqib o’tishi, qizdirish elementiga
tushishi va uzatmani kirlantirishi, bu esa o’z navbatida jihozning buzilishiga olib keladi.
V. JIHOZ USTIDAN QAROV
Jihozni tozalashdan avval uning elektr tarmog’idan uzilganligi va to’liq sovuganligiga ishonch hosil
qiling. Har safar foydalanib bo’lgandan keyin shakl ichki yuzalari va jihozni yaxshilab tozalang.
DIQQAT! Jihoz korpusi va elektr tarmog’iga ulash shnurini suvga yoki boshqa suyuqliklarga
botirmang. Non pishirgich va uning qismlarini idish yuvish mashinasida yuvib bo’lmaydi.
1. Qopqoqni oching va uni dastasidan ushlab soat streklasiga qarama-qarshi yonalishda
buragan va yuqoriga tortgan holda pishirish uchun shaklni chiqarib oling.
2. Aralashtirish uchun kurakni chiqarib oling. Agar kurak oqidan olinmasa, pishiriq uchun
shaklni iliq suv bilan to’ldiring va ma’lum vaqt qoldiring. Bu yopishib qolgan xamirlarni
yumshatadi va kurak osongina olinadi.
3. O’lchov idishi, o’lchov qoshiqchasi, pishiriq uchun shakl va aralashtirish uchun kurakni
yumshoq yuvish vositasi qoshilgan qaynoq suvda yuving. Agar aralashtirish uchun
kurakning ichki qismi kuchli darajada kirlangan bo’lsa, uni ma’lum vaqt issiq suvga solib
qo’ying, keyin esa uni yaxshilab tozalang.
4.
Ichki yuza va mahsulot korpusini yumshoq nam oshxona salfetkasi yoki gubka bilan
tozalang. Nozik tozalash vositasidan foydalanish mumkin. Suv dog’lari va korpusdagi
kochishlarning hosil bo’lishini oldini olish uchun biz uning sirtini quruq qilib artishni
tavsiya qilamiz. Yuvish vositasini nam gubka yoki latta bilan to’liq ketkazing, aks holda
u keyinchalik pishiriq ta’miga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Jihozni tozalaganda abraziv vositalar, kimyoviy jihatdan faol moddalar yoki taomga teguvchi
buyumlar bilan birgalikda qo’llanilishi tavsiya qilinmaydigan boshqa moddalardan
foydalanmang.
Pishiriq uchun shakldan foydalanish
Pishiriq uchun shakl va aralashtirish uchun kurakka dog’lar paydo bo’lishining oldini olishga
imkon beruvchi va nonni olishni osonlashtiruvchi kuyishga qarshi qoplama surtilgan. Yuzasi
shikastlanishining oldini olish uchun quyida keltirilgan korsatmalarga amal qiling.
1.
Nonni idishdan chiqarib olishda metall yoki o’tkir asboblardan (masalan, pichoq yoki
sanchqi) foydalanmang.
2. Non buxankasini kesihdan avval uning ichida aralashtirish uchun kurakning yoqligiga
ishonch hosil qiling. Agar kurak uning ichida bo’lsa, nonning sovushini kuting va shundan
keyin maxsus ilmoq bilan kurakni chiqarib oling. Aralashtirish uchun kurak bilan muomala
qilganda ehtiyot bo’ling, chunki u issiq bo’lishi mumkin.
3.
Pishiriq uchun shakl va kurakni tozalash vaqtida yumshoq gubkadan foydalaning. Abraziv
moddalar (masalan, tozalash kukunlari) yoki qattiq gubkalardan foydalanmang.
4.
Qattiq, yirik donli yoki yirik masalliqlar (masalan, elanmagan un, shakar, yong’oq yoki
urug’lar) tayyorlash uchun idishning kuyishga qarshi qoplamasini shikastlashi mumkin.
Kop miqdordagi masalliqlardan foydalanganda ularni kichik qismlarga ajrating. Tavsiya
qilingan hajmlar va retseptlarga ko’rsatilgan harakatlar tartibiga amal qiling.
Shakldan muntazam ravishda foydalanganda uning ichki kuyishga qarshi qoplamasi to’liq yoki qisman
rangini o’zgartirishi mumkin. Buning o’zi shaklning nuqsonli ekanligining belgisi hisoblanmaydi.
Saqlash va tashish
Saqlashdan va qayta foydalanishdan avval jihozning barcha qismlarini tozalang va to‘liq
quriting. Jihozni isitish jihozlaridan uzoqda bo‘lgan va to‘g‘ridan-tog‘ri quyosh nurlari
tushmaydigan quruq, shamollatiladigan joyda saqlang.
Tashish va saqlash vaqtida jihozni uning shikastlanishiga va/yoki qadoqning butunligining
buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan mexanik ta’sirlar ostiga qo‘yish ta’qiqlanadi.
Jihoz qadog‘ini suv va boshqa suyuqliklar tegishidan saqlash lozim.

Содержание