Samsung DW50K4050BB [172/192] Texnik xizmat va tozalash

Samsung DW50K4050BB [172/192] Texnik xizmat va tozalash
28_ Texnik xizmat va tozalash
Texnik xizmat va tozalash
Filtrlash tizimi
Katta qoldiqlar va mayda-chuyda narsalar nasosga kirmasligi uchun filtr ishlatiladi. Qoldiqlar ba’zida filtrni to‘sib qo‘yishi
mumkin.
Filtr tizimi yirik to‘rli filtr, tekis (asosiy filtr) va mikro filtrdan (mayda to‘rli filtr) tashkil topgan.
1. Mayda to‘rli filtr: Ovqat va kir qoldiqlari pastki sepkichdagi maxsus purkagich
yordamida tutiladi.
2. Yirik to‘rli filtr: Oqavaga tiqilib qolishi mumkin bo'lgan kattaroq qoldiqlar,
masalan suyak va shisha qoldiqlari yirik to‘rli filtrda ushlanadi.
Bu filtrga ilingan jismlarni olib tashlash uchun filtr tepasidagi panelni sekin qisib,
chiqarib oling.
3. Mikro filtr: Bu filtr tindirgichdagi ovqat va kir qoldiqlarini ushlab turib, sikl
vaqtida ular idishlar ustiga qaytadan sepilib ketishining oldini oladi.
- Idish yuvish mashinasi har safar ishlatilganida filtrlar tiqilib qolmaganini
tekshiring.
- Yirik to‘rli filtrni bo‘shatish orqali filtr tizimini chiqarib olish mumkin. Ovqat
qoldiqlarini olib tashlab, filtrlarni oqar suvda tozalang.
1
2
3
1
2 3
1-bosqichda Yirik to‘rli filtrni teskari aylantirib, ko‘tarib oling;
2-bosqichda Tekis filtrni tepaga ko‘taring
1-bosqichdan 2-bosqichga o‘tilsa, filtr tizimi olinadi; ammo 2-bosqichdan 1-bosqichga o‘tilsa, filtr tizimi o‘rnatiladi
3.
Filtr agregati
Yuqori samara va natijaga erishish uchun filtr agregati tozalanishi lozim. Filtr yuvindidan ovqat qoldiqlarini olib tashlaydi,
shu taxlitda suvning yana siklda aylanishiga imkon yaratadi. Shu sababli, har bir yuvish siklidan so'ng filtrda ilingan yirik
ovqat qoldiqlarini olib tashlagan ma'qul, buning uchun yarim doira shaklidagi filtr va chashkani oqar suvda chayish lozim.
Filtr agregatini olib tashlash uchun chashka tutqichini yuqoriga torting. To'liq filtr agregati haftada bir marta yuvib turilishi
lozim. Yirik to‘rli va mikro filtrni tozalash uchun cho‘tkadan foydalaning. Keyin yuqorida ko'rsatilganidek, filtr qismlarini
yig'ib, agregatni mashinaga soling, joyiga qo'yib, pastga bosing. Mashina hech qachon filtrlarsiz ishlatilmasligi lozim.
Filtrni noto'g'ri joylashtirish oqibatida mashinaning samarasi pasayishi hamda idish va jihozlarga shikast yetishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Filtrlar joyida bo'lmasa, hech qachon mashinani ishga tushirmang. Filtrlarni tozalayotganda
ularni qoqmang. Aks holda filtr qiyshayib, mashina ishlashi pasayishi mumkin.
W45A3A401J FS_BI_DD81-01867A-00_UZ (CIS).indd 28 1/21/2016 4:36:55 PM

Содержание