Samsung DW50K4050BB [173/192] Sepkichlarni tozalash

Samsung DW50K4050BB [173/192] Sepkichlarni tozalash
Texnik xizmat va tozalash _29
06 TEXNIK XIZMAT VA TOZALASH
Sepkichlarni tozalash
Sepkichlarni muntazam ravishda tozalab turish kerak, chunki qattiq suvdagi
ximikatlar sepkich purkagichlari va ustunlarini qoplab oladi. Sepkichlarni olib
tashlash uchun gaykani soat yo'nalishida burab chiqarib, sepkich tepasidagi
yuvgichni chiqaring va sepkichni olib tashlang. Sepkichlarni sovunli iliq suvda
yuving, purkagichlarini yumshoq cho'tkada tozalang. Ularni yaxshilab chaygandan
so'ng joyiga qo'ying.
Mashinani ehtiyot qilish
Boshqaruv panelini tozalash uchun ozgina namlangan mato ishlating, keyin yaxshilab quriting.
Ustini tozalash uchun yaxshi yaltiroq mum ishlating. Mashinaning hech qaysi qismida o'tkir jismlar, gubkalar yoki dag'al
tozalagichlardan foydalanmang.
Muzlashdan himoyalash
Mashinangiz qishda isitilmagan joyda qolgan bo'lsa, ustadan quyidagini so'rang:
1. Mashinani tokdan uzing.
2. Suvni yoping va suv kiradigan quvurni klapandan chiqarib oling.
3. Suv kiradigan quvur va suv klapanidagi suvni chiqarib tashlang. (Suvni tog'oraga to'king)
4. Suv kiradigan quvur bilan klapanni yana ulang.
5. Bak tagidagi filtrni olib tashlang va tindirgichdagi suvni gubkaga shimdirib oling.
Eshikni tozalash
Eshik chekkalarini tozalash uchun iliq, yumshoq va nam latta ishlatish lozim. Eshik qulfi va elektr qismlariga suv kirmasligi
uchun sepiladigan tozalagichlar ishlatmang.
Tashqi yuzasida abraziv tozalagichlar yoki gubka ishlatmang, chunki ular yuzani tirnaydi. Ba'zi salfetlar ham yuzani
tirnashi yoki iz qoldirishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Eshik panelini tozalash uchun sepiladigan tozalagichlardan foydalanmang, chunki ular
eshik qulfi va elektr qismlariga shikast yetkazishi mumkin. Abraziv modda yoki ba'zi salfetlarni ishlatishga ruxsat
berilmaydi, chunki zanglamaydigan po'lat yuzasini tirnash yoki dog' qoldirish ehtimoli bor.
W45A3A401J FS_BI_DD81-01867A-00_UZ (CIS).indd 29 1/21/2016 4:36:55 PM

Содержание