Redmond RMC-M4502 (БЕЛЫЙ) [29/40] Asbobni faqat zaminlashga ega bo lgan rozetkalarga

Redmond RMC-M4502 (БЕЛЫЙ) [29/40] Asbobni faqat zaminlashga ega bo lgan rozetkalarga
UZB
29
RMC-4502
Mazkur mahsulotdan foydalanishga kirishishdan oldin undan foydalanishga doir qo‘llanmani diqqat
bilan o‘qib chiqing va uni ma’lumotnoma sifatida saqlab qo‘ying. Asbobdan tog‘ri foydalanish uning
xizmat muddatini sezilarli darajada uzaytiradi.
XAVFSIZLIK CHORALARI
Texnika xavfsizligi talablari va mahsulotdan foydalanish
qoidalariga rioya etilmasligi oqibatida kelib chiqqan nosozliklar
uchun ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi
Ushbu elektr jihozi maishiy sharoitlarda taom tayyor-
lash uchun mo’ljallangan kop funksiyali qurilma hi-
soblanadi va u kvartirada, shahardan tashqaridagi
uylarda, mehmonxonalarda, do’konlarning maishiy
xonalarida, oslarda yoki nosanoat maqsadlarida foy-
dalanishning boshqa shunga o’xshash sharoitlarida
qo’llanilishi mumkin. Qurilmadan sanoat maqsadlari-
da yoki qurilma mo’ljallanmagan boshqa istalgan maq-
sadlarda foydalanish mahsulotdan tegishli tarzda
foydalanish shartlarining buzilishi hisoblanadi. Bunday
hollarda ishlab chiqaruvchi bo’lishi mumkin bo’lgan
oqibatlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
Asbobni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin uning kuchla-
nishi asbob elektr manbasining nominal kuchlanishi bilan
mos kelish-kelmasligini tekshirib koring (mahsulot texnik
tavsiga yoki unga zavodda ornatilgan taxtachaga qarang).
Asbob iste’mol qiluvchi quvvat uchun mo‘ljallangan
uzaytirgichdan foydalaning parametrlarning mos
kelmasligi qisqa tutashish yuz berishiga yoki kabeldan
o‘t chiqishiga olib kelishi mumkin.
Asbobni faqat zaminlashga ega bo‘lgan rozetkalarga
ulang bu elektr toki urishidan muhofaza qilish majbu-
riy talabi. Uzaytirgichdan foydalanayotganda u ham za-
minlashga ega ekaniga ishonch hosil qiling.
DIQQAT! Asbob ishlayotganda uning qobig‘i, kosasi va
metalldan yasalgan detallari qiziydi! Ehtiyot bo‘ling!
Oshxona qo‘lqopidan foydalaning. Qaynoq bug‘dan
kuymaslik uchun asbob qopqog‘ini ochayotganda u
tomonga qarab engashmang.
Foydalanib bo‘lgandan song, shuningdek asbobni tozala-
yotganda yoki uni bir joydan boshqa joyga kochirayotganda
rozetkadan uzib qo‘ying. Elektr shnurini simdan emas,
balki vilkadan ushlab, quruq qo‘l bilan sug‘urib oling.
Elektr manba shnurini eshik oralig‘idan yoki issiqlik man-
balari yaqinidan o‘tkazib tortmang. Elektr shnuri chuva-
lanib va bukilib qolmasligini, o‘tkir predmetlar, burchak-
lar va mebel qirrasiga tegmasligini kuzatib boring.
Yodda saqlang: elektr manba kabelining tasodifiy
shikastlanishi kafolat shartlariga mos kelmaydigan
nosozliklarga, shuningdek elektr toki urishiga olib kelishi
mumkin. Shikastlangan elektr kabeli servis-markazlarda
shoshiling almashtirishni talab qiladi.

Содержание

Похожие устройства

Скачать