Redmond RMC-M4502 (БЕЛЫЙ) [32/40] Rining indikatorlari yonadi o rnatilgan dasturni bajarish va

Redmond RMC-M4502 (БЕЛЫЙ) [32/40] Rining indikatorlari yonadi o rnatilgan dasturni bajarish va
32
5. «Время приготовления» knopkasi yordamida soatning kerak-
li qiymatini o‘rnating (ornatish qadami 1 soat).
6.
«Установка времени» knopkasini qayta bosish orqali taymer-
da minutni ornatish rejimini yoqing, minutlar indikatori lipil-
lay boshlaydi.
7. «Время приготовления» knopkasi yordamida minutning ke-
rakli qiymatini o‘rnating (ornatish qadami 10 minut).
8.
Vaqtni o‘rnatishni yakunlagach, «Старт» knopkasini bosing.
«Старт», «Поддержание тепла / Отмена» va «Отложенный
старт» knopkalarining indikatorlari yona boshlaydi. Displeyda
taom tayyor bo‘ladigan vaqt aks etadi.
«Отложенный старт» funktsiyasi barcha dasturlar uchun qo‘llanishi
mumkin, «ЖАРКА» va «ПАСТА» dasturlari bundan mustasno.
«Отложенный старт» funktsiyasida vaqtni o‘rnatayotganda ba’zi
bir dasturlarda vaqtni hisoblash faqat asbob belgilangan ishchi tem-
peraturaga chiqqanidan keyin boshlanishini e’tiborga olish zarur.
Tayyor taomlar temperaturasini quvvatlash (avtoqizitish)
funktsiyasi
Avtoqizitish tanlangan tayyorlash dasturi ishga tushirilishi bilan
bir vaqtda o‘z-o‘zidan yoqiladi va shundan so‘ng tayyor mahsulot
temperaturasini 70-75°C darajasida 24 soat mobaynida saqlab
turishi mumkin. Avtoisitish yoqilganda «Поддержание тепла /
Отмена» knopkasi indikatori yonadi, tayyorlash dasturining ish
vaqti tugaganidan keyin esa displeyda mazkur rejimda ishlash
vaqti hisobi aks etadi.
Taomlarni isitish funktsiyasi
REDMOND RMC-M4502 multivarkasidan sovuq taomlarni isitish
uchun foydalanish mumkin. Tayyor taomni multivarka kosasiga
soling, kosani asbob qobig‘i ichiga ornating, qopqoqni yoping va
«Поддержание тепла / Отмена» knopkasini bosing. Taom 70-75°C
gacha isitiladi va issiq holatda 24 soat mobaynida saqlanishi mum-
kin. «Поддержание тепла / Отмена» knopkasini qayta bosish ta-
omni isitish funktsiyasini ochiradi. Avtoqizitish funktsiyasini
ochirish uchun «Поддержание тепла / Отмена» knopkasini bosing.
Avtomatik dasturlardan foydalanganda harakatlar umumiy
tartibi
1. Kerakli ingrediyentlarni tayyorlang (o‘lchab ajrating).
2.
Ingrediyentlarni kosa ichida tayyorlash dasturiga muvoq
joylashtiring va kosani asbob qobig‘i ichiga ornating. Barcha
ingrediyentlar, shu jumladan suyuqlik kosaning ichki yuzasi-
dagi eng yuqori sath belgisidan pastda turishini kuzating. Kosa
qiyshiq ornatilmaganiga va qizitish elementiga tegib turga-
niga ishonch hosil qiling.
3.
Multivarka qopqog‘ini qirs etgan tovush chiqqunga qadar ber-
kiting. Asbobni elektr tarmog‘iga ulang.
4.
«Меню» knopkasini bosib kerakli tayyorlash dasturini tanlang
(displeyda tegishli dastur indikatori yonadi).
5.
Agar dasturda mahsulot turini tanlash nazarda tutilgan bo‘lsa,
«Вид продукта» knopkasini («МУЛЬТИПОВАР», «ПАР»,
«ЖАРКА» dasturlari uchun) yoki «ВАРКА» knopkasini («ВАРКА»
dasturi uchun) bosish orqali tegishli kichik dasturni tanlang.
Har bir kichik dastur uchun o‘z tayyorlash vaqti qiymati zavod-
da ornatilgan bo‘lib, u asbob displeyida aks etadi.
6.
Siz zavodda o‘rnatilgan vaqt qiymatini o‘zgartirishingiz mumkin.
7. Zarur holda kechiktirilgan start vaqtini o‘rnating.
8. Tayyorlash dasturini ishga tushirish uchun «Старт» knopkasini
bosing. «Старт» va «Поддержание тепла / Отмена» knopkala-
rining indikatorlari yonadi. O‘rnatilgan dasturni bajarish va
tayyorlash vaqtini ortga qarab hisoblash jarayoni boshlanadi.
9.
Tayyorlash dasturining ishi yakunlangani haqida sizni tovush-
li signal xabardor qiladi. Shundan so‘ng asbob avtoqizitish
rejimiga o‘tadi («Поддержание тепла / Отмена» knopkasi
indikatori yonadi).
10.
Kiritilgan dasturni bekor qilish, tayyorlash yoki avtoqizitish
jarayonini to‘xtatish uchun «Поддержание тепла / Отмена»
knopkasini bosing.
«Отложенный старт» funktsiyasi «ЖАРКА» va «ПАСТА» dastur-
laridan foydalanilganda ishlamaydi.
«ПАР» dasturida vaqtni ortga qarab hisoblash suv qaynaganidan
va kosada bug‘ zichligining yetarli darajasiga erishilganidan keyin;
«МУЛЬТИПОВАР», «ЖАРКА» dasturlarida asbob ish rejimiga
chiqqanidan keyin; «ПАСТА» rejimida kosada suv qaynaganidan,
mahsulotlar uning ichiga solinganidan va «Старт» knopkasi qay-
ta bosilganidan keyin boshlanadi.
«МУЛЬТИПОВАР» dasturi
Mazkur dastur taomlarni foydalanuvchi belgilagan temperatura
parametrlari va tayyorlash vaqtiga kora pishirish uchun
mo‘ljallangan. «МУЛЬТИПОВАР» dasturi vositasida REDMOND
RMC-M4502 multivarkasi bir qator oshxona asboblari o‘rnini bosis-
hi mumkin va siz eski taomlar kitobidan yoki Internetdan olgan har
qanday retsept bo‘yicha taom tayyorlash uchun imkoniyat yaratadi.
Zavodda o‘rnatilgan tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot turi:
«ОВОЩИ», «МЯСО», «РЫБА» ga bog‘liq. Zavodda o‘rnatilgan tay-
yorlash temperaturasi 160°C.
Vaqtni qo‘lda sozlash diapazoni: 5 minut 12 soat, bunda o‘zgartirish
qadami: 1 soatgacha oraliq uchun 1 minut; 1 soatdan 12 soatgacha
oraliq uchun 5 minut.
Temperaturani qo‘lda sozlash diapazoni («Температура» knopka-
sini bosish yo‘li bilan o‘zgartiriladi): 40-160°C, bunda o‘zgartirish
qadami 5°C.
«ПАР» dasturi (bug‘da pishirish)
Sabzavotlar, go‘sht, baliq go‘shti, parhez va vegetariancha taomlar,
manti, bolalar uchun taomlarni bug‘da pishirish uchun tavsiya
etiladi. Zavodda o‘rnatilgan tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot
turi: «ОВОЩИ», «МЯСО», «РЫБА» ga bog‘liq. Tayyorlash vaqti di-
apazoni 5 minutdan 1 soatgacha ornatilishi mumkin, bunda
ornatish qadami — 1 minut.
Mazkur dasturda taom pishirish uchun maxsus konteynep (komp-
lektga kiradi) dan foydalaning:
1.
Kosaga 600-1000 ml suv quying. Kosa ichiga bug‘da ovqat
pishirish uchun konteynerni ornating.
2.
Mahsulotlarni retseptga muvoq o‘lchab ajrating va tayyorlang,
ularni konteyner ichiga bir tekis joylashtiring va kosani asbob
qobig‘i ichiga ornating. Kosa qizitish elementiga tegib turga-
niga ishonch hosil qiling.
3.
«Avtomatik dasturlardan foydalanganda harakatlar umumiy
tartibi» bo‘limining 3-10-bandlari korsatmalariga rioya qiling.
«ЖАРКА» dasturi
Sabzavotlar, go‘sht, baliq go‘shti, dengiz mahsulotlari, yarim fabri-
katlar va hokazolarni qovurish uchun tavsiya etiladi. Zavodda
ornatilgan tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot turi: «ОВОЩИ»,
«МЯСО», «РЫБА» ga bog‘liq. Tayyorlash vaqti diapazoni 5 minutdan
1 soatgacha qo‘lda o‘rnatilishi mumkin, bunda ornatish qadami
1minut. Mahsulotlarni asbob qopqog‘ini yopmasdan qovurishga
ruxsat etiladi.
«ТУШЕНИЕ» dasturi
Sabzavotlar, go‘sht, baliq go‘shti, dengiz mahsulotlarini dimlash, shu-
ningdek ilvira tayyorlash hamda issiqlik bilan qo‘shimcha ishlov
berishni talab qiluvchi boshqa taomlarni tayyorlash uchun tavsiya
etiladi. Tayyorlash vaqti diapazoni 10 minutdan 12 soatgacha qo‘lda
ornatilishi mumkin, bunda o‘rnatish qadami 5 minut.
«ВАРКА» dasturi
Guruch, grechka pishirish hamda yormalardan sochiluvchan
bo‘tqalar tayyorlash uchun tavsiya etiladi. Zavodda o‘rnatilgan
tayyorlash vaqti tanlangan dastur: «ЭКСПРЕСC», «ОБЫЧНАЯ»,
«КАША» ga bog‘liq. Tayyorlash vaqti diapazoni 5 minutdan 1 soa-
tu 30 minutgacha qo‘lda o‘rnatilishi mumkin, bunda o‘rnatish qa-
dami — 1 minut («ВАРКА ЭКСПРЕСС», «ВАРКА КАША»), tay-
yorlash vaqti diapazoni 30 minutdan 2 sotgacha o‘rnatilganda esa,
ornatish qadami 5 minut («ВАРКА ОБЫЧНАЯ»).
Sutli bo‘tqalarni pishirganda quyidagilar tavsiya etiladi:
butun dondan tayyorlangan barcha yormalar (guruch, grechka,
oqlangan tariq va sh. k.) ni yaxshilab yuvish;
ovqat pishirishdan oldin multivarka kosasining ichiga saryog‘
surtish;
retseptlar kitobida korsatilgan nisbatlarga qat’iy rioya qilish,
ingrediyentlar miqdorini mutanosib ravishda o‘zgartirish;
qaymog‘i olinmagan sutni ishlatganda unga ichimlik suvini
1:1 nisbatda qo‘shish.

Содержание

Похожие устройства

Скачать