Samsung RS68N8670SL [159/232] Texnika xavfsizligi bo yicha ma lumotlar

Samsung RS68N8670SL [159/232] Texnika xavfsizligi bo yicha ma lumotlar
O'zbek 3
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
Yangi Samsung muzlatgichingizdan foydalanishga kirishishdan avval,
iltimos, ushbu yangi moslamadan xavfsiz va samarali foydalanishni
ta'minlash maqsadida xususiyat va funksiyalarni bilishingizni ta'minlash
uchun ushbu qo'llanmani yaxshilab o'qib chiqing.
Bu muzlatgich kamerasi jismoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyatlari
cheklangan yoki bilimlari va tajribalari yetarli bo'lmagan shaxslar
(jumladan, bolalar), toki ular ushbu muzlatgich kameradan foydalanishda
nazorat qilinmasalar yoki ularning xavfsizliklari uchun javobgar shaxs
ularga ushbu jihozdan foydalanish haqida ko'rsatmalar bermagan bo'lsa,
foydalanishlari uchun mo'ljallanmagan.
Agar ular nazorat ostida bo‘lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar
shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalar
berilgan bo‘lsa, bu qurilmadan 8 yoki undan kattaroq yoshdagi bolalar,
jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli
bo‘lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin.
Bolalarga qurilma bilan o‘ynash ta'qiqlanadi. Tozalash va texnik xizmat
ko‘rsatishni bolalar nazoratsiz amalga oshirmasligi kerak.
Ushbu qo'llanmadagi Ogohlantirishlar va Muhim xavfsizlik ko'rsatmalari
yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan hamma shartlar va vaziyatlarni ham
qamrab olmaydi.
Umumiy ehtiyotkorlik choralarini ko'rish va moslamangizni o'rnatish,
xizmat ko'rsatish va ishlatish paytida ehtiyot bo'lishingizda o'zingiz mas'ul
hisoblanasiz.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli
modellarga taalluqli bo’lganligi uchun muzlatgichingizning xususiyatlari
ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi mumkin.
Agar biron-bir savolingiz yoki bu borada tashvishlaringiz bo'lsa, sizga
yaqin joylashgan xizmat ko'rsatuvchi markaziga murojaat qiling yoki
tegishli yordam va kerakli ma'lumotlarni ushbu saytdan oling: www.
samsung.com.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
Untitled-17 3 6/28/2019 7:44:35 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения