Samsung RS68N8670SL [208/232] Ishlatish amallari

Samsung RS68N8670SL [208/232] Ishlatish amallari
Ishlatish amallari
O'zbek52
Ishlatish amallari
07 Tarmoq aloqasi (faqat tegishli modellarda)
SmartThings ilovasi orqali sovitkichni boshqarish uchun ixtiyoriy ravishda Smart Home adaptoridan
foydalanish mumkin (alohida sotiladi). SmartThings haqida batafsil ma’lumot uchun SmartThings
bo‘limiga qarang.
IZOH
Tavsiya qilingan shifrlash tizimlariga WPA/TKIP va WPA2/AES kiradi. Bundan yangiroq yoki
standartlashtirilmagan Wi-Fi autentikatsiya protokollari bilan ishlamaydi.
Simsiz tarmoqlarga atrofdagi simsiz aloqa muhiti ta'siri ko'rsatishi mumkin.
Agar internet provayderingiz qurilmani aniqlash uchun kompyuter yoki modemingizning MAC
manzilini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, Samsung Smart sovitkichi internetga ulana olmasligi
mumkin. Bu holat ro‘y bersa, texnik yordam uchun internet provayderiga murojaat qiling.
Tarmoq tizimining fayrvol sozlamalari Samsung Smart sovitkichini internetga ulanishiga yo‘l
qo‘ymasligi mumkin. Texnik yordam uchun internet provayderiga murojaat qiling. Bu holat
davom etsa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markazi yoki sotuvchiga murojaat qiling.
Simsiz kirish nuqtasi (KN) sozlamalarini sozlash uchun KN foydalanuvchi qo‘llanmasiga qarang.
Samsung Smart Home adaptori xususiyatiga ega Samsung Smart muzlatgichlari ham IEEE 802.11
b/g/n xususiyatli Wi-Fi 2.4 Ggs, ham bevosita Soft-AP protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi (IEEE
802.11 n tavsiya etiladi).
Tasdiqdan o‘tmagan Wi-Fi simsiz routerlar tegishli Samsung sovitkichlariga ulanmasligi mumkin.
Untitled-17 52 6/28/2019 7:45:05 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения