Samsung RS68N8670SL [206/232] Ishlatish amallari

Samsung RS68N8670SL [206/232] Ishlatish amallari
Ishlatish amallari
O'zbek50
Ishlatish amallari
03 Muz tayyorlagich
Ice Maker (Muz
tayyorlagich)
Muz tayyorlagichni yoqish yoki o‘chirish uchun Ice Maker (Muz tayyorlagich)
tugmasini 3 soniyadan ortiq bosib turing.
Ishlash holatini ko‘rsatish uchun muz tayyorlagichda 2 ta indikator (YOQ/O‘CH)
bor.
Muz tayyorlagich ishlab turganida ON (YOQ) indikatori yonadi.
Muz tayyorlagich o‘chganida OFF(O‘CH) indikatori yonadi. Bu holda
dispenser panelidagi Cubed Ice (Kub shaklidagi muz) yoki Crushed Ice
(Mayda muz) tugmalarini bossangiz ham muz tayyorlanmaydi. Muz
tayyorlash uchun muz tayyorlagichni yoqish kerak.
Muz tayyorlagich o‘chiqligida dispenser dastagi 5 soniyadan ortiq bosib
turilsa, muz tayyorlagich avtomatik ravishda yoqiladi.
Muz tayyorlagichni o‘chirsangiz, uni qayta yoqish uchun kamida 1 daqiqa
kutish kerak.
IZOH
Agar muz tayyorlagich o‘chirilgan bo‘lsa, muz dastagini 5 soniyadan ortiq
bossangiz, yoqiladi.
04 Sovutgich / Kuchli sovitish (3 son)
Fridge
(Sovutgich)
Fridge (Sovutgich) tugmasi bilan sovutgich haroratini qo‘yish yoki Kuchli
sovitish funksiyasini yoqish/o‘chirish mumkin.
Sovutgichning sovutish haroratini qo‘lda sozlashingiz mumkin. Fridge
(Sovutgich) tugmasini qayta-qayta bosib, kerakli haroratni 1 °C va 7 °C orasida
tanlang.
Power Cool
(Kuchli sovitish)
Kuchli sovitish rejimida ventilyator maksimal tezlikda aylanib, sovitish
jarayonini tezlashtiradi. Bu tez buziladigan taomni tezda sovitishda yoki
muzlatgich eshigi biroz vaqt ochiq qolganida ishlatiladi. Muzlatgich bir necha
soat davomida maksimal tezlikda ishlaydi va avvalgi haroratga qaytadi.
Fridge (Sovutgich) tugmasini 3 soniya bosib turing.
Tegishli chiroq (
) yonadi va muzlatgich sovitish jarayonini siz uchun
tezlashtiradi.
Untitled-17 50 6/28/2019 7:45:04 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения