Samsung RS68N8670SL [179/232] To g ri foydalanish uchun qo shimcha maslahatlar

Samsung RS68N8670SL [179/232] To g ri foydalanish uchun qo shimcha maslahatlar
O'zbek 23
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
To'g'ri foydalanish uchun qo'shimcha maslahatlar
Agar elektr quvvati ta’minotida uzilish yuz bergan bo‘lsa, elektr ta’minoti
tarmog‘ining mahalliy idorasiga qo‘ng‘iroq qilib, uzilish qancha davom
etishi mumkinligini so‘rab biling.
- Bir yoki ikki soat ichida bartaraf etiladigan uzilishlar muzlatgichdagi
harorat ko'rsatkichlariga ta'sir qilmaydi. Biroq, jihoz elektr toki bilan
ta'minlanmayotgan vaqtda, uning eshigini kamroq ochib-yoping.
- Agar elektr quvvat uzilishi 24 soatdan ko'p davom etadigan bo'lsa,
barcha muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib oling.
Agar muzlatgich uzoq vaqt davomida moslama ishlashga moslashgan
haroratdan yuqoriroq bo'lgan joyda turib qolsa muzlatgich bir maromda
ishlamasligi mumkn (muzlatilgan narsalar erishi, yoki muzlatilgan oziq-
ovqat bo'lmasi ichidagi harorat ilib ketishi mumkin).
Muayyan oziq-ovqatlar past darajada saqlanishi o'z xususiyatiga ko'ra
saqlanishga yomon ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Muzlatgichingizda yaxlash bo'lmaydi, ya'ni uni qo'lda eritishga hojat yo'q.
Eritish avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Muzni eritish vaqtida harorat ko'tarilishi ISO talablariga muvoq
keladi. Agar muzlatgich kamerasining erish vaqtida muzlatilgan oziq-
ovqat mahsulotlari haroratining ko'tarilishi oldini olmoqchi bo'lsangiz,
muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini bir necha qavat gazetaga o'rang.
To'liq erib bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta muzlatmang.
Ikki yulduzli ramzga (
) ega bo'lgan ikki yulduzli bo'lim (bo'limlar)
yoki bo'lma (bo'lmalar) harorati boshqa muzxona bo'lmasiga (bo'lmalari)
nisbatan bir oz yuqoriroq hisoblanadi.
Ikki yulduzli bo‘lim(lar) yoki bo‘lma(lar) yetkazib berilgan ko‘rsatma va/
yoki shartga asoslanadi.
Untitled-17 23 6/28/2019 7:44:38 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения