Samsung SR20R7260WC [132/144] Smartthings ilovasi

Samsung VR20R7260WC [132/144] Smartthings ilovasi
O‘ZBEK-24
SmartThings ilovasiga qurilma qoshish
1. Smartfonni simsiz routerga ulang.
Agar smartfon ulanmagan bo‘lsa, Sozlamalar ilovasida Wi-Fi funksiyasini yoqib, ulaniladigan simsiz
routerni tanlang.
Faqat Wi-Fi ishlatish uchun smartfonning “Mobil internet” bandini o‘chirib qo‘ying va qurilmani ulang.
2. Smartfonda SmartThings ilovasini oching.
3. Yangi qurilma topilgani haqida oyna chiqsa, ADD NOW (HOZIROQ QO‘SHISH) bandiga tegining.
Agar oyna chiqmasa, + tugmasiga teginib, ulanadigan qurilmani AVAILABLE DEVICES (MAVJUD
QURILMALAR) ro‘yxatidan tanlang.
Agar qurilmangiz ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa, qurilma turini qo‘lda tanlab, muayyan qurilma modelini tanlash
orqali qurilmani qo‘shing.
4. [Android] Qurilmangizga ulanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
[iOS] Sozlama ilovasini ochib, Wi-Fi ro‘yxatida [robot vacuum] Samsung qurilmasini tanlang.
5. So‘ralganida autentikatsiya ma’lumotlarini bering.
6. [Android] Simsiz routerga ulanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
[iOS] Sozlama ilovasini ochib, Wi-Fi ro‘yxatida simsiz routerni tanlang.
7. Sozlashning qolgan qismi avtomatik ravishda bajariladi. Keyin yangi Device Card (qurilma kartasi)
qo‘shiladi.
Qayd
f Mahsulotni registratsiya qila olmasangiz, quyidagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling.
Qalqib chiquvchi xabarlarda ko‘rsatilgan tarzda registratsiya jarayonidan qayta o‘tishga urinib ko‘ring.
Simsiz routerning UPnP funksiyasini faollashtiring, keyin yana registratsiyadan o‘tib ko‘ring.
Simsiz router simsiz rejimda ishlayotganini tekshirib ko‘ring, keyin yana registratsiyadan o‘ting.
Ikkita yoki undan ortiq POWERbot bor bo‘lsa, boshqa POWERbotlarni o‘chirib, keyin yana
registratsiyadan o‘tib ko‘ring.
Simsiz routeringiz bilan bir xil SSID nomga ega boshqa simsiz router bor bo‘lsa, registratsiya amalga
oshmasligi mumkin.
f Masofaviy boshqaruv va Wi-Fi indikatori
Yoniq
Masofaviy boshqaruv bloklangan. (Masofaviy pult
ishlashi mumkin.)
O‘chiq Masofaviy boshqaruvga ruxsat berilgan.
Yoniq POWERbot simsiz routerga ulangan.
O‘chiq POWERbot simsiz routerga ulanishga urinmoqda.
f Masofaviy boshqaruv bloklansa, smartfon orqali POWERbotni boshqarib bo‘lmaydi.
f POWERbot bilan smartfon bitta simsiz routerga ulanmagan, tarmoq muhitiga qarab, aloqa sekin
kechishi mumkin.
SmartThings ilovasi
4_VR7200_UZ_DJ68-00827K-00_CIS.indd 24 2019-05-02 오후 4:05:28

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения