Samsung DW60M6050FW [176/224] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung DW60M6050FW [176/224] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
8_ Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Quyidagi shartlar bajarilsa, suv o‘tkazmaydigan ichki tizim suv yetkazadigan zarardan himoyalaydi:
Mashina to‘g‘ri o‘rnatilgan va ulangan.
Mashina tegishlicha profilaktika qilinadi va zarur hollarda qismlari almashtiriladi.
Jihoz uzoq vaqt ishlatilmaydigan bo‘lsa, jo‘mrak yopib qo‘yiladi (masalan, bayram kunlari).
Jihoz o‘chiq paytida ham suvdan himoyalash tizimi ishlaydi. Ammo jihoz elektr ta’minotiga ulangan holda
qolishi kerak.
Shikastlangan jihoz xavfli bo‘lishi mumkin. Agar mashinaga shikast yetsa, tokdan sug‘uring va dilerga yoki xizmat
ko‘rsatish markaziga sim qoqing.
Ruxsatsiz ta’mirlash tufayli foydalanuvchiga kutilmagan xavf tug‘ilishi mumkin, buning uchun ishlab chiqaruvchi
javobgar bo‘lmaydi. Ta’mirlash ishlari faqat vakolatli mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
Ishdan chiqqan detallarni faqat original ehtiyot qismlarga almashtirish kerak. Bu qismlar joyiga tushgandan
keyingina, jihozning xavfsizligiga kafolat berilishi mumkin.
Profilaktikadan oldin doim mashinani tokdan uzing (rozetkani o‘chiring va vilkani sug‘urib oling).
Agar ulash kabeli shikastlangan bo‘lsa, uni maxsus kabel bilan almashtirish kerak, buni ishlab chiqaruvchidan olish
mumkin. Xavfsizlik maqsadida, bu faqat xizmat ko‘rsatish markazi yoki vakolatli texnik tomonidan ulanishi lozim.
Suvarak yoki boshqa zararkunandalar bosishi ehtimoli bor hududlarda jihoz va uning atrofini doim toza holda
tuting. Suvarak yoki boshqa zararkunandalar yetkazadigan zarar kafolat bilan qoplanmaydi.
Nosozlik ro‘y bersa yoki tozalash maqsadida jihozni elektr ta’minotidan butunlay uzilgan deb hisoblanadi,
qachonki:
rozetkadan o‘chirilgan va vilka sug‘urib olingan yoki
elektr tarmog‘ida o‘chirilgan yoki
elektr tarmog‘i saqlagichidan uzilgan yoki
saqlagich yechib olingan (tegishli mamlakatlarda).
Ishlab chiqaruvchi ruxsat bermasa, jihozga hech qanday o‘zgarish kiritmang.
Hech qachon jihozning qoplamasi/korpusini ochmang.
Elektr ulanishlar yoki detallar hamda mexanik qismlarga teginish juda xavfli bo‘lib, jihoz ishdan chiqishi yoki tok
urishi mumkin.
Kafolat muddatida jihozni ta’mirlash ishlarini ishlab chiqaruvchi tasdiqlagan texnik bajarishi lozim. Aks holda kafolat
yo‘qqa chiqadi.
Jihozni o‘rnatayotganda, havo aylanishi uchun jihozning tepasi, chap, o‘ng va orqa tomonlarida yetarlicha oraliq
qoldiring.
Jihoz va rakovina orasida yetarlicha oraliq bo‘lmasa, rakovinaga zarar yetkazishi yoki mog‘or bosishi mumkin.
Mashinaning qattiqlik darajasi sozlamasi hududingizga moslanganligiga amin bo‘ling.
(19-betdagi “Suvni yumshatish rejimi (Suv qattiqligi darajasi sozlamasi)” bo‘limiga qarang.)
DIQQAT
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
DIQQAT
DIQQAT
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-04_UZ.indd 8 11/10/2020 11:21:52 AM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 1

Почему не моет чисто
2 года назад