Samsung DW60M6050FW [202/224] Sepkichlarni tozalash

Samsung DW60M6050FW [202/224] Sepkichlarni tozalash
34_ Tozalash va qarov
SEPKICHLARNI TOZALASH
Sepkichlarni muntazam ravishda tozalab turish kerak, chunki qattiq suv qoldiqlari sepkich
purkagichlari va ustunlarini qoplab olishi mumkin. O'rtadagi sepkichni olish uchun
gaykani ushlab, sepkichni soat yo‘nalishida burab chiqaring. Pastki sepkichni olish
uchun uni tepaga tortib chiqaring. Sepkichlarni sovunli iliq suvda yuving, purkagichlarini
yumshoq cho'tkada tozalang. Ularni yaxshilab chaygandan so‘ng joyiga qo‘ying.
Ochish
ESHIKNI TOZALASH
Eshik chekkalarini tozalash uchun iliq, yumshoq va nam latta ishlatish lozim.
Tashqi yuzasida abraziv tozalagichlar yoki gubka ishlatmang, chunki ular yuzani tirnaydi. Ba’zi salfetlar ham yuzani
tirnashi yoki iz qoldirishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Eshik panelini tozalash uchun sepiladigan tozalagichlardan foydalanmang, chunki ular eshik
qulfi va elektr qismlariga shikast yetkazishi mumkin. Abraziv modda yoki ba’zi salfetlarni ishlatish tavsiya etilmaydi,
chunki zanglamaydigan po‘lat yuzasini tirnash yoki dog‘ qoldirish ehtimoli bor.
MASHINANI EHTIYOT QILISH
Boshqaruv panelini tozalash uchun ozgina namlangan mato ishlating, keyin yaxshilab quriting. Ustini tozalash uchun
yaxshi yaltiroq mum ishlating.
Mashinaning hech qaysi qismida o‘tkir jismlar, gubkalar yoki dag‘al tozalagichlardan foydalanmang.
MUZLASHDAN HIMOYALANG
Mashina qishda isitilmagan joyda qoladigan bo‘lsa:
1. Mashinani tokdan uzing.
2. Suvni yoping va suv kiradigan quvurni klapandan chiqarib oling.
3. Suv kiradigan quvur va suv klapanidagi suvni chiqarib tashlang. (Suvni tog‘oraga to‘king)
4. Suv kiradigan quvur bilan klapanni yana ulang.
5. Bak tagidagi filtrni olib tashlang va suvni gubkaga shimdirib oling.
Tozalash va qarov
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-04_UZ.indd 34 11/10/2020 11:22:34 AM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 1

Почему не моет чисто
2 года назад