Samsung DW60M6050FW [201/224] Filtrlarni tozalash

Samsung DW60M6050FW [201/224] Filtrlarni tozalash
Tozalash va qarov _33
05 TOZALASH VA QAROV
Tozalash va qarov
FILTRLARNI TOZALASH
Filtrlash tizimi
Sizga qulay bo‘lishi uchun, oqava nasosi va filtrlash tizimini bak ichida qo‘l yetadigan joyga qo‘yganmiz. Filtr
tizimida uchta asosiy komponent bor: asosiy filtr, yirik to‘rli filtr va mayda to‘rli filtr.
1. Asosiy filtr: Bu filtrga ilingan ovqat va kir qoldiqlari pastki sepkichdagi
maxsus purkagich yordamida parchalanib, oqavaga yuvib tushiriladi.
2. Yirik to‘rli filtr: Oqavaga tiqilib qolishi mumkin bo‘lgan kattaroq jismlar,
masalan suyak va shisha qoldiqlari shu filtrda ushlanadi. Bu filtrga ilingan
jismlarni olib tashlash uchun filtr tepasidagi panelni sekin qisib, chiqarib oling.
3. Mayda to‘rli filtr: Bu filtr tindirgichdagi ovqat va kir qoldiqlarini ushlab turib,
sikl vaqtida ular idishlar ustiga qaytadan sepilib ketishining oldini oladi.
2
1
3
DIQQAT: Mayda to‘rli filtrni ag‘darib qo‘ymang.
Filtr agregati
Yuqori samara va natijaga erishish uchun filtr agregati tozalanishi lozim. Filtr yuvindidan ovqat qoldiqlarini olib
tashlaydi, shu taxlitda suvning yana siklda aylanishiga imkon yaratadi. Shu sababli, har bir yuvish siklidan
so‘ng filtrda ilingan yirik ovqat qoldiqlarini olib tashlagan ma’qul, buning uchun yarim doira shaklidagi filtr
va chashkani oqar suvda chayish lozim. FIltr agregatini olib tashlash uchun uni soatga teskari yo‘nalishda
burab, tepaga tortib oling. To‘liq filtr agregati muntazam ravishda yuvib turilishi lozim.
Yirik va mayda to‘rli filtrlarni tozalash uchun cho‘tkadan foydalaning. Keyin butun agregatni mashina ichiga
solib, pastga bosgan holda soat yo‘nalishida burab, joyiga joylashtiring.
Ochish
Mashina hech qachon filtrlarsiz ishlatilmasligi lozim. Filtrni noto‘g‘ri joylashtirish oqibatida mashinaning
samarasi pasayishi hamda idish va jihozlarga shikast yetishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Filtrlar joyida bo‘lmasa, hech qachon mashinani ishga tushirmang. FIltrlarni
tozalayotganda ularga shikast yetkazmang. Aks holda filtrlar kutilganidek ishlamasligi, yuvish natijasi
yomon chiqishi yoki ichki qismlar shikastlanishi mumkin.
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-04_UZ.indd 33 11/10/2020 11:22:33 AM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 1

Почему не моет чисто
2 года назад