Samsung MG23K3614AK/BW [103/128] Cheklangan kafolat

Samsung MG23K3614AK/BW [103/128] Cheklangan kafolat
O'zbek 7
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bo‘sh pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida pech 30 daqiqadan keyin
avtomatik ravishda o‘chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto‘lqinlarni yutishi
uchun uning ichiga bir stakan suv qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Pechni o‘rnatishda bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan oraliqlarga rioya eting. ("Mikroto‘lqinli
pechni o‘rnatish" bo‘limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot
choralariga amal qiling.
Mikroto‘lqinga oid ehtiyot choralari
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga
zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.
Pechni eshigi ochiq turgan holatda ishlatmang. Blokirovkalash kontaktlarini (eshikcha
qulfini) buzmang. Blokirovkalash kontaktlarining tirqishlariga hech narsa tiqmang.
Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday buyum qo‘ymang, zichlovchi
yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l
qo'ymang. Pechdan har gal foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini
oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
Pech shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang. Malakali mutaxassis tomonidan
ta’mirlanganidan so‘nggina ishlating.
Muhim: pech eshigi to‘g‘ri yopilishi kerak. Eshik egilmasligi kerak; eshik ilgaklari
singan yoki bo‘shab qolgan bo‘lmasligi kerak; eshik zichlagichlari va zichlovchi yuzalari
shikastlanmasligi kerak.
Barcha sozlash va ta’mirlash ishlari malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
Cheklangan kafolat
Agar moslamaning va/yoki anjomning shikastlanishi mijoz tomonidan qilingan bo'lsa,
Samsung anjomni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to'lovini
undirishi mumkin. Bu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
O‘yilgan, qirilgan yoki singan eshik, tutqichlar, old panel yoki boshqaruv paneli.
Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
Pechdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan
maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va
xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va
vaziyatlarni qamrab olmaydi. Pechni o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan
foydalanishda foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi
kerak.
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun
mikroto'lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir
oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar
sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, mahalliy Samsung xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumot oling.
Bu pechni faqat ovqat isitishda ishlating. Faqat uy sharoitida foydalanish uchun
mo'ljallangan. Ichi to'ldirilgan mato va yostiqlarni isitmang. Ishlab chiqaruvchi pechdan
noto'g'ri foydalanilganligi natijasida yetgan zarar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga
olmaydi.
Pech yuzasining buzilishi va xatarli holatlarning yuzaga kelmasligi uchun pechni doim
toza va yaxshi ahvolda saqlang.
Mahsulot guruhi bayoni
Bu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni
qayta ishlash uchun elektromagnit nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar
hosil qiluvchi va shunday quvvatlardan foydalanuvchi ISM qurilmalar, EDM va yoyli
payvandlash uchun jihozlarni o'z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joy binolarini ta'minlovchi past
kuchlanishga ega bo'lgan tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda foydalanish uchun
mo'ljallangan.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 7 2019-04-24  6:28:53

Содержание

Похожие устройства

Скачать