Samsung MG23K3614AK/BW [105/128] O rnatiladigan joy

Samsung MG23K3614AK/BW [105/128] O rnatiladigan joy
O'zbek 9
Xizmat ko‘rsatish
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
Pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun muntazam tozalab turing. Ayniqsa
eshigi, eshik zichlagichi, aylanuvchi patnis va rolikli taglikka (mavjud modellardagina)
e’tibor bering.
Eshik oson ochilib-yopilmasa, birinchi galda eshik zichlagichiga kir yig‘ilib qolishini
tekshiring. Pechning ichi va ustini tozalash uchun yumshoq lattani sovunli suv bilan
ishlating. Chaying va yaxshilab quriting.
Pech ichida qotib qolgan, hid chiqarayotgan kirlarni ketkazish uchun
1. Pechni bo‘shatib, limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga
qo'ying.
2. Pechni 10 daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida qizdiring.
3. Sikl tugagach, pech sovishini kuting. Keyin eshigini ochib, pishirish bo‘lmasini
tozalang.
Chayqaluvchi isitgichli modellar ichini tozalash
Pishirish kamerasining yuqori qismini
tozalash uchun yuqoridagi isitish elementini
ko‘rsatilganidek qilib 45° pasaytiring. Shunda
tepani tozalash oson bo‘ladi. Tozalab bo‘lgach,
isitish elementini joyiga qaytaring.
DIQQAT
Eshik va uning zichlagichlarini toza tuting hamda eshik oson ochilib-yopilishiga amin
bo‘ling. Aks holda pechning ishlash muddati qisqarishi mumkin.
Pechning ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishidan ehtiyot bo‘ling.
Tozalashda dag‘al yoki kimyoviy moddalardan foydalanmang.
Har bir foydalangandan keyin pechni sovitib, pishirish bo‘lmasini yumshoq yuvish
vositasi eritmasi bilan tozalang.
O‘rnatiladigan joy
A
B
C
D
A. Yuqoridan 20 sm
B. Orqadan 10 sm
C. Yon tomondan 10 sm
D. Poldan 85 sm
Poldan taxminan 85 sm balandlikdagi yassi,
tekis yuzani tanlang. Yuza pechning og‘irligini
ko‘tara olishi kerak.
Havo aylanishi uchun orqa devori va ikkala
tomonidan kamida 10 sm, tepasidan kamida
20 sm joy qoldiring.
Pechni issiq yoki nam joyga, masalan, boshqa
mikroto‘lqinli pechlar yoki radiatorlar yoniga
o'rnatmang.
Pechning elektr ta’minotiga oid
xarakteristikalariga rioya eting. Uzaytirgich
ishlatish zarur bo‘lsa, faqat tasdiqdan
o‘tganini ishlating.
Pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning
ichki yuzasini va eshik zichlagichini nam latta
bilan arting.
Aylanuvchi patnis
Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni
chiqarib oling. Rolikli taglik va aylanuvchi
patnisni o'rnating. Aylanuvchi patnis bemalol
aylanishini tekshiring.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 9 2019-04-24  6:28:53

Содержание

Похожие устройства

Скачать