Samsung MG23K3614AK/BW [121/128] Mikroto lqin gril

Samsung MG23K3614AK/BW [121/128] Mikroto lqin gril
O'zbek 25
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto‘lqin + gril
Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi
tayyorlash tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan
vaqtdagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi.
Pechning bu modelida tayyorlashning uch xil birlashgan rejimi mavjud:
600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari
Mikroto'lqinlarni o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa
chidamli bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona
anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi
mumkin.
Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak
bo'lgan (masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun
ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana
tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan taomlarning
(masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'dariladi) qalin
porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin. Ko'proq ma'lumotlar olish uchun
grildan foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh:
Birgalikda foydalanish (mikroto'lqinlar + gril) rejimidan foydalanilgan hollarda,
agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga
joylashtirish kerakligini yodda tuting. Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang.
Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.
Muzlatilgan taomlar uchun grildan foydalanib tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan grildan foydalanib tayyorlash uchun
qo'llanma sifatida foydalaning.
Muzlatilgan taom Porsiya hajmi Quvvat 1-qadam (min.) 2-qadam (min.)
Bulochka
(Har biri 50 g
atrofida)
2 dona
4 dona
MT + Gril 300 Vt + Gril
1-1½
2-2½
Faqat gril
1-2
1-2
Ko'rsatmalar
Bulochkalarni aylana shaklida panjara ustiga qo'ying. Bulochkalarning
ikkinchi tomonini o'zingiz xohlagan darajada qotirgan holda grilda
tayyorlang. 2-5 daqiqa kuting.
Bagetlar + Ustiga
qo‘yiladigani
(Pomidor, Pishloq,
Vetchina, Qo‘ziqorin)
250-300 g
(2 dona)
450 Vt + Gril 8-9 -
Ko'rsatmalar
2 ta muzlatilgan bagetni panjaraga yonma-yon qo'ying. Grilda
tayyorlangandan keyin. 2-3 daqiqa kuting.
Singdirib pishirilgan
taom
(Sabzavotlar yoki
Kartoshka)
400 g 450 Vt + Gril 13-14 -
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan taomni kichkina, dumaloq issiqqa chidamli shishadan
qilingan idishga joylashtiring. Idishni gril uchun taglikka qo'ying. Grilda
tayyorlangandan keyin. 2-3 daqiqa kuting.
Makaron
mahsulotlari
(Kannelloni,
Makaronlar, Lazanya)
400 g MT + Gril 300 Vt + Gril
18-19
Faqat gril
1-2
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan makaron mahsulotlarini kichkina to'rtburchak issiqqa chidamli
shishadan qilingan idishga joylashtiring. Idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi
patnisga qo'ying. Grilda tayyorlangandan keyin. 2-3 daqiqa kuting.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 25 2019-04-24  6:28:57

Содержание

Похожие устройства

Скачать