Samsung MG23K3614AK/BW [113/128] Mikroto lqinlar va grildan birgalikda foydalanish

Samsung MG23K3614AK/BW [113/128] Mikroto lqinlar va grildan birgalikda foydalanish
O'zbek 17
Idish tanlash bo‘yicha yo‘riqnoma
Idish tanlash bo‘yicha yo‘riqnoma
Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga kirishlari
va foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak.
Shuning uchun idishlarni tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar idishda mikroto'lqinli
pechlarda foydalanish mumkinligi ko'rsatib qo'yilgan bo'lsa, undan foydalanish mumkin.
Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va ularning mikroto'lqinli pechda
foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko'rsatilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli
pechda
foydalanish
uchun xavfsiz
Sharhlar
Alyuminiy folga
✓✗
Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya
qilish uchun oz miqdorda ishlatish mumkin. Agar
folga pech devoriga juda yaqin joylashgan bo'lsa
yoki folga juda ko'p miqdorda ishlatilayotgan
bo'lsa, elektr yoyi hosil bo'lishi mumkin.
Qizartiruvchi idish
Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.
Chinni va sopol buyumlar
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan
keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall
bezak bo'lmasa, mos keladi.
Bir martalik plastik
tog'orachalar
Ba'zi muzlatilgan mahsulotlar ana shunday
tog'orachalarga solinib o'raladi.
Tez tayyorlanadigan
mahsulotlar o'rami
Polistirol stakanchalar va
konteynerlar
Taomni isitish uchun foydalanish mumkin. Qizib
ketsa, polistirol erishi mumkin.
Qog'oz paketlar yoki
gazetalar
Yonib ketishi mumkin.
Ikkilamchi xom-ashyodan
tayyorlangan qog'oz yoki
metall bezak
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Shisha idish
Toblangan shishadan
tayyorlangan idish
Metall bezagi bo'lmasa, ishlatish mumkin.
Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish
Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar
va grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.
DIQQAT
DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin
bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop
hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
DOIMO pechdagi idishlarni qo‘lqop bilan ushlang, chunki ular qizigan bo'ladi. Agar
yuqori tokchadan foydalansangiz, yaxshiroq tayyorlanadi.
Eshikni oching. Mahsulotlarni o'zingiz tayyorlamoqchi bo'lgan taom turiga yaxshiroq
darajada mos bo'lgan tokchaga joylashtiring.
Tokchani aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.
2
1
1. O‘zgaruvchan tayyorlash quvvatini boshqarish
dastasi ni Kombi (Mikroto‘lqin+Gril)
( ) ga burang.
2. Vaqt/Vazn shkalasi ( ) burash orqali
vaqtni qo‘ying.
Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana
boshlaydi.
1) Tayyorlash boshlanadi, yakunlanganida
pech 4 marta tovushli signal beradi.
2) Yakunlanganini eslatish signali (bir
daqiqa intervali bilan) 3 marta beriladi.
3) Displeyda yana joriy vaqt ko‘rsatiladi.
IZOH
Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori quvvat darajasi 600 Vt.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 17 2019-04-24  6:28:57

Содержание

Похожие устройства

Скачать