Samsung MG23K3614AK/BW [118/128] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma

Samsung MG23K3614AK/BW [118/128] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma
22 O'zbek
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Suyuqlikni isitish
Suyuqlikning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech o'chirilgandan keyin kamida
20 soniya kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO
aralashtiring. Suyuqlikning qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun ichimlik solingan
stakanga qoshiqcha yoki shisha tayoqcha soling va isitish vaqtida va isitgandan keyin uni
aralashtiring.
Suyuqlik va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Ichimliklar
(Qahva, Choy va Suv)
150 ml (1 piyola)
250 ml (1 bokal)
800 Vt 1-1½
1½-2
Ko'rsatmalar
Suyuqlikni sopol idishga quying va qopqog'ini yopmagan holda isiting. Idish/
stakanni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring. Kutish vaqti davomida
pechning ichida qoldiring va yaxshilab aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
Sho‘rva (Sovitilgan) 250 g 800 Vt 3-3½
Ko'rsatmalar
Chuqur sopol tarelkaga quying. Plastmassa qopqoq bilan yoping.
Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval
yana aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Dimlangan go'sht yoki
baliq (Sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
Dimlangan go'sht yoki baliqni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa
qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib
turing va kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan avval yana
aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Sousli makaron
mahsulotlari
(Sovutilgan)
350 g 600 Vt 4½-5½
Ko'rsatmalar
Makaron mahsulotlarini (masalan, spagetti yoki tuxumli ugra) tekis sopol
idishga soling. Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyonka
bilan yoping. Dasturxonga tortishdan avval aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Masalliqli sousli
makaron mahsulotlari
(Sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6
Ko'rsatmalar
Masalliqli un mahsulotini (masalan, ravioli, chuchvara) chuqur sopol
idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-
vaqti bilan aralashtirib turing va kutish vaqtidan hamda dasturxonga
tortishdan avval yana aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Tayyor taom
(Sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
2-3 ta sovitilgan masalliqdan qilingan taomni sopol idishga soling.
Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan
yoping. 3 daqiqa kuting.
Chaqaloq ovqatini isitish
Chaqaloq ovqati:
Taomni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitgandan keyin yaxshilab
aralashtiring!
Ovqatlantirishdan avval 2-3 daqiqa kuting. Yana aralashtiring va haroratni tekshiring.
Dasturxonga tortishda tavsiya qilingan harorat: 30-40 °C.
Go‘dak suti:
Sutni sterillangan shisha butilkaga quying. Berkitmagan holda isiting. Sutni hech qachon butilkaga
so'rg'ich kiydirilgan holda isitmang, ortiqcha qizib ketganda butilka portlab ketishi mumkin. Kutib
turish vaqti oldidan va keyin silkiting! Bolalar suti yoki taomini bolaga berishdan avval doimo
haroratini yaxshilab tekshiring. Dasturxonga tortishda tavsiya qilingan harorat: 37 °C.
Izoh:
Kuyishning oldini olish uchun bolaga berishdan avval bolalar taomlarining haroratini juda puxta
tekshirish lozim. Quyidagi jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal
qiling.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 22 2019-04-24  6:28:57

Содержание

Похожие устройства

Скачать