Samsung MG23K3614AK/BW [117/128] Isitish

Samsung MG23K3614AK/BW [117/128] Isitish
O'zbek 21
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Isitish
Ushbu mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga qaraganda
anchagina tezroq isitish mumkin.
Keyingi betdagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal
qiling. Vaqt oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha xona haroratidagi suyuqliklar
va harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo'lgan sovitilgan mahsulotlar uchun
ko'rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish
Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling– ularni uzoq
vaqt isitishga to'g'ri keladi va chetlari haddan tashqari quruqlashadi. Kichkina bo'laklar
anchagina yaxshi isiydi.
Quvvat darajalari va aralashtirish
Ayrim mahsulotlarni 800 Vt quvvatda isitish mumkin bo'lsa, boshqalarini 600 Vt, 450 Vt
va hattoki 300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi.
Qo'shimcha ko'rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda kamroq quvvatda
juda tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdorsdagi taomlar va ovqatlarini isitish qulay
(masalan, shirin piroglar).
Yaxshi natija olish uchun taomni isitish paytida aralashtirib turing yoki ag'daring. Iloji
bo'lsa, dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning
qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin uni
aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto'lqinli pechda qoldiring. Suyuqlikka plastmassa
qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya qilinadi. Ortiqcha qizib ketishiga yo'l
qo'ymang (bunda taom buzilishi mumkin).
Kamroq isitish vaqtini o'rnatish, keyin esa zarur bo'lgan hollarda vaqt qo'shish
ma'qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti
Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo'ying va
ushbu qiymatdan keyinchalik foydalaning.
Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.
Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi uchun biroz kuting.
Agar jadvalda boshqa qiymat ko'rsatilmagan bo'lsa, jadvalda boshqasi tavsiya qilinmagan
bo'lsa, kutish vaqti 2-4 daqiqani tashkil qiladi.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana "Ehtiyot
choralari" bo'limiga qarang.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 21 2019-04-24  6:28:57

Содержание

Похожие устройства

Скачать