Samsung NZ64H37070K/WT [136/176] Ishlatish vaqtidagi xavfsizlik qoidalari

Samsung NZ64H37070K/WT [136/176] Ishlatish vaqtidagi xavfsizlik qoidalari
2013-01-18
4
_Xavfsizlik yo'riqlari
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH: Ishlatayotgan vaqtda plita va uning tegib ketish
mumkin bo'lgan qismlari qizigan holatda bo'ladi.
Qizigan qismlarga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish lozim.
Kattalarning muntazam ko'z-quloq bo'lib turishi ta'minlanmasa, 8
yoshgacha bo'lgan bolalarni jihozga yaqinlashtirmaslik lozim.
Jihozni 8 va undan katta yoshdagi bolalar hamda jismoniy, sezish
yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki jihozni ishlatish bo’yicha tajribaga
ega bo’lmagan shaxslar ishlatishi mumkin, ammo buning uchun
ularga jihozni xavfsiz ishlatishga oid ko’rsatmalar berilishi yoki ularning
jihozni ishlatishi nazorat ostida bo'lishi va bu shaxslar vujudga kelishi
mumkin bo'lgan xatarlarni yaxshi tushinishi kerak.
Bolalar jihoz bilan o'ynamasinlar.
Kattalar nazorati bo'lmasa, bolalar jihozni tozalash va unga xizmat ko'
rsatish ishlarini bajarmasinlar.
Ishlatish vaqtidagi xavfsizlik qoidalari
Mazkur jihoz faqatgina uy sharoitida taom tayyorlash uchun
mo'ljallangan. Jihoz tijorat yoki sanoat ishlab chiqarishi maqsadlari
yo’lida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
Hech qachon plitadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
Plita yaqinida joylashgan rozetkalarga elektr jihozlarini ulayotganda,
ehtiyot bo'ling. Elektr shnurlari plitaning ustki yuzasiga tegmasin.
Qizib turgan yog' va moy tezda alangan olishi mumkin. Yog'da taom
tayyorlayotganda, masalan, kartoshka qovurayotganda, plitani aslo
qarovsiz qoldirib ketmang.
Ishlatib bo'lgach, pishirish zonalarini o'chirib qo'ying.
Boshqarish panelini doim toza va quruq holda tuting.
Hech qachon plita ustiga alanga oladigan predmetlarni qo'ymang.
Bu yong'inga olib kelishi mumkin.
Alyuminiy folga, alyuminiy folgaga o'ralgan mahsulotlar yoki alyuminiy
idishga solingan muzlatilgan mahsulotlarini isitish uchun plitadan
foydalanmang.
Plitadan pala-partish foydalanilsa, kuyish xavfi bor.
Elektr jihozlari shnuri qizib turgan plita yoki plita ustiga qo'yilgan issiq
idishlarga tegmasin.
Plitadan kiyim-kechaklarni quritish uchun foydalanmang.

Содержание

Похожие устройства

Скачать