Samsung NZ64H37070K/WT [171/176] Displeyda yozuvi aks etyapti nima qilish lozim

Samsung NZ64H37070K/WT [171/176] Displeyda yozuvi aks etyapti nima qilish lozim
39Kafolat va xizmat ko'rsatish_
Kafolat va xizmat ko'rsatish
Pishirish zonalari o'chirilgandan so'ng, displeyda qoldiq
issiqlik indikatori aks etmasa, nima qilishim lozim?
Quyidagilarni mumkin bo'lgan sabablarni tekshiring:
Pishirish zona qisqa vaqt ishlatilgan va shu bois u unchalik isishga
ulgurmagan. Agar bu holatda pishirish zonasi issiq bo'lsa, xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Pishirish zonalari yonmasa yoki o'chmasa, nima qilish lozim?
Bu muammo yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
• Boshqarish paneli ustida ho'l latta bor yoki suyuqlik to'kilgan.
• Bolalardan himoya qulfi yoqilgan.
Displeyda yozuvi aks etyapti, nima qilish lozim?
Quyidagi sabablarga ko'ra bu muammo yuzaga kelishi mumkin:
Noto'g'ri ishlatish natijasida plita haddan ortiq qizib ketgan.
Plita sovib bo'lgach, sozlamalarni nolga qaytarish uchun
yoqish/o'chirish datchigini bosing.
Displeyda yozuvi aks etyapti, nima qilish lozim?
Quyidagi sabablarga ko'ra bu muammo yuzaga kelishi mumkin:
Pishirish zonasiga nomuvofiq yoki juda kichik idish qo'yilgan yoki
umuman idish qo'yilmagan.
Agar to'g'ri keladigan idishni qo'ysangiz, aks etgan xatolik xabari
avtomatik tarzda yo'qoladi.
Plitani o'chirgandan so'ng, sovutuvchi ventilyator ishlashda
davom etyapti, nima qilish lozim?
Quyidagi sabablarga ko'ra bu muammo yuzaga kelishi mumkin:
• Plitadan foydalanishni yakunlaganingizdan so'ng, sovutish
ventilyatori tizimni sovutish uchun 1 daqiqa davomida avtonom
ravishda ishlab turadi.
Jihozni noto'g'ri ishlatish natijasida yuzaga keladigan xatolik yuzasidan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilganingizda, hatta kafolat
muddat amal qiladigan davrda ham mutaxassisning tashrif xarajatlarini
siz to'lashingizga to'g'ri keladi.

Содержание

Похожие устройства

Скачать