Samsung NZ64H37070K/WT [167/176] Tozalash va yaxshi saqlash

Samsung NZ64H37070K/WT [167/176] Tozalash va yaxshi saqlash
35Tozalash va yaxshi saqlash_
Tozalash va yaxshi saqlash
Tozalash va yaxshi saqlash
PLITA
Tozalash vositalari qizib turgan keramik shisha yuzaga
tegmasligi lozim: Tozalagandan so'ng, barcha tozalash
vositalarini kerakli miqdordagi suv bilan yuvib ketkazing,
chunki yuza qiziganda ular yuzani yeyuvchi ta'sir ko'rsatishi
mumkin. Gril yoki duxovkalarni tozalash spreylari, idishni
tozalaydigan metall mochalka va abraziv vositalar kabi
agressiv tozalash vositalarini ishlatmang.
OGOHLANTIRISH
Har gal ishlatgandan so'ng, keramik shisha yuzani hali u
sovumay turib tozalang. Bu kirning yuzaga kuyib yopishishini
oldini oladi. Keramik shishali yuzalar yoki zanglamaydigan
po'latni tozalash uchun mo'ljallangan sotuvda mavjud
tozalash vositalari yordamida qasmoq, suv dog'lari yog
dog'larini ketkazing.
Sal-pal kirlanish
1. Keramik shisha yuzani ho'l latta bilan arting.
2. Toza latta bilan artib quriting. Yuzada tozalash vositasi qoldiqlari
qolmasligi kerak.
3. Keramik shishali yuzalar yoki zanglamaydigan po'latni tozalash
uchun mo'ljallangan sotuvda mavjud tozalash vositalari yordamida
keramik shisha yuzani haftada bir marta yaxshilab tozalang.
4. Kerakli miqdordagi toza suv bilan keramik shisha yuzani tozalab,
tuksiz mato bilan yaxshilab artib quriting.
1. Qaynab to'kilgan ovqat qoldiqlari va osonlikcha ketmaydigan
dog'larni ketkazish uchun shishni tozalaydigan
kurakchadan foydalaning.
2. Kurakchani keramik shisha yuza burchagiga
qo'ying.
3. Kurakcha bilan ishqalab qirgan holda kirni
ketkazing.
Shishani tozalaydigan kurakchalar va keramik
shisha yuzalarni tozalash vositalarini maxsus
do'konlardan topasiz.
Osonlikcha ketmaydigan kirlanish

Содержание

Похожие устройства

Скачать