Samsung NZ64H37070K/WT [155/176] Jihozning asosiy xarakteristikalari

Samsung NZ64H37070K/WT [155/176] Jihozning asosiy xarakteristikalari
- : plita yoqildi
- dan gacha, :tanlangan issiqlik sozlamalari
- :qoldiq issiqlik
- :bolalardan himoya qulfi faollashtirildi
23Qismlar va xarakteristikalar _
Qismlar va xarakteristikalar
Jihozning asosiy xarakteristikalari
Keramik shishali taom tayyorlash yuzasi: Jihoz taom tayyorlash
yuzasi keramik shishadan bo'lib, tezda isuvchi pishirish zonalariga
ega.
Sensorli yoqish/o'chirish tugmasi: Sensorli yoqish/'chirish
tugmasi quvvatni yoqish yoki o'chirish vazifasini bajaruvchi
alohida element hisoblanadi. Ushbu tugmaga tegsangiz, quvvat
ta'minoti butunlay yonadi yoki o'chadi.
Sensorli boshqarish datchiklari: Jihozni boshqarish sensorli
boshqarish datchiklari yordamida amalga oshiriladi.
Tozalash oson:Keramik shishali pishirish yuzasi va sensorli
boshqarish datchiklarining afzallik tomoni shuki, ularni tozalash
juda oson va qulay. Tekis va silliq yuza kirdan oson tozalanadi.
Boshqarish va funksiyalar indikatorlari: Raqamli displeylar va
indikatorlar sozlamalar va faollashtirilgan funksiyalar, shuningdek,
turli pishirish zonalaridagi qoldiq issiqlik haqida ma'lumot beradi.
Xavfsizlik uchun o'chirish: Xavfsizlik uchun o'chirish funksiyasi,
agar sozlama ma'lum vaqt davomida o'zgartirilmasa, pishirish
zonalarining avtomatik tarzda o'chishini ta'minlaydi.
Qoldiq issiqlik indikatori: Agar pishirish zonasi juda issiq bo'lib,
bunda kuyish xavfi bo'lsa, qoldiq issiqlik ikonachasi displeyda
paydo bo'ladi.
Power Boost funksiyasi : Bu funksiya qo'yilgan idishdagi
taomni maksimal quvvat darajasi dan ko'ra tezroq isitish uchun
foydalaniladi (displeyda aks etadi.)
Idishni avtomatik topish: Har bir pishirish zonasida avtomatik
idish detektori tizimi mavjud, detektor shunday sozlanganki, u
pishirish zonasidan biroz kichikroq diametrdagi idishlarni taniydi.
Idishlarni doim pishirish zonasining o'rtasida qo'yish kerak. Doim
muvofiq idish-tovoqlardan foydalaning.
Raqamli displeylar: Displey sektorlari mos ravishda tegishli
pishirish zonalari uchun mo'ljallangan. Ularda quyidagi ma'lumotlar
aks etadi.

Содержание

Похожие устройства

Скачать