Samsung NZ64H37070K/WT [149/176] Plitani elektr ta minotiga ulash

Samsung NZ64H37070K/WT [149/176] Plitani elektr ta minotiga ulash
17Plitani o'rnatish_
Plitani o'rnatish
Demontajlash kerak bo'lganda, plitani pastida tepaga ko'tarish zarur.
Plita tagiga plata o'rnatilishi kerak.
Stol usti va jihoz tagidagi uning old qismi o'rtasidagi ventilyatsiya
uchun mo'ljallangan oraliqni bekitib qo'ymaslik lozim.
Plitani elektr ta'minotiga ulash
Jihozni elektr ta'minotiga ulashdan oldin jihozning pasport
tablochasida ko'rsatilgan nominal kuchlanishi xonadondagi quvvat
ta'minoti kuchlanishiga mosligini tekshiring. Pasport tablochasi
jihozning ost qismidagi korpusida joylashgan.
Simlarni elektr zanjiriga ulashdan avval zanjirga
boradigan elektr ta'minotini uzing.
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
Isitish elementi kuchlanishi O'T ~ 230 V ni tashkil etadi. Jihoz,
shuningdek, ~220 yoki ~240 V li tarmoqlarda ham ishlaydi.
Jihoz quvvat ta'minotiga uni quvvat ta'minotidan uzish o'ng'ay
bo'lishini ta'minlovchi qurilma yordamida ulanishi kerak, masalan,
avtomatik uzgichlar, eruvchi saqlagichlar, yerga tutashtirish uzgichlari;
bunda kontakt ochiqligi kengligi kamida 3 mm bo'lishi lozim.
Kabellarni ulash tegishli me'yorlarga muvofiq amalga
oshirilishi kerak. Vintli klemmalar mahkam qotirilishi
lozim.
Plitani quvvat ta'minotiga ulagandan so'ng, pishirish
zonalarini maksimal sozlamada navbatma-navbat yoqqan
holda zonalarning ishga shayligini tekshiring; bunda muvofiq
idish-tovoqdan foydalaning.
Jihoz ilk bor yoqilganda, barcha displeylar yonadi va bolalar
xavfsizligi qulfi faollashadi.

Содержание

Похожие устройства

Скачать