Samsung NZ64H37070K/WT [137/176] Tozalashda xavfsizlik choralari

Samsung NZ64H37070K/WT [137/176] Tozalashda xavfsizlik choralari
5Xavfsizlik yo'riqlari_
Xavfsizlik yo'riqlari
Hech qachon aerozollar va tozalash vositalari kabi yonuvchan
narsalarni plita tagidagi tortmalar yoki servantda saqlamang.
OGOHLANTIRISH: Kariodstimulyatorlari va faol yurak implantantlari
bor foydalanuvchilar, plita yoqilganda, o'zlarini induksion pishirish
zonalaridan kamida 30 sm uzoqlikdagi masofa saqlashlari kerak. Bu
borada sizda qandaydir shubha yoki ikkilanish bo'lsa, qurilma ishlab
chiqaruvchisi yoki shifokor bilan maslahatlashing.
OGOHLANTIRISH: Ustiga yog'ni qo'yib, plitani qarovsiz qoldirib
ketish xavfli bo'lib, bu yog'inga olib kelishi mumkin. HECH QACHON
olovni suv sepib o'chirmang, bu vaziyatda plitani o'chirib, so'ng, olov
utiga, masalan, qopqoq yoki olov o'chiradigan choyshab kabi
narsalarni yopib, olovni o'chiring.
OGOHLANTIRISH: Plita ustida narslar saqlamang; yong'in kelib
chiqishi xavfi bor.
Tozalashda xavfsizlik choralari
Tozalashdan oldin doim jihozni o'chiring.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida jihozni bug' purkash yoki yuqori
bosimli tozalash asbobi yordamida tozalamang.
Plitani mazkur qo'llanmada keltirilgan tozalash va yaxshi saqlash
yo'riqlari asosida tozalang.
Bug' bilan tozalash tavsiya etilmaydi.
Plitaning shisha yuzasini tozalashda qattiq abraziv vositalar yoki qattiq
metal qirg'ich kurakchalardan foydalanmang, sababi, ular shishali
yuzani qirishi va natijada, shisha darz ketishi mumkin.
O'rnatishda xavfsizlik ehtiyot choralari
Mazkur jihozni o'rnatishni ishlab chiqaruvchida maxsus
o'quv-tayyorlov jarayonini o'tagan induksion plitalarni o'rnatish
bo'yicha malakali mutaxassis texnik bajarishi kerak.
"Plitani o'rnatish" bo'limiga qarang.
Devorda yoki balandroqda joylashgan alohida rozetkaga jihoz
quvvat shnurini ulang va mazkur rozetkadan faqat plita uchun
foydalaning. Quvvat shnuri vilkasi rozetkaga yaxshilab tiqilgan
bo'lishi kerak. Shuningdek, uzaytirish simidan foydalanmang.
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH

Содержание

Похожие устройства

Скачать