Samsung MS23K3614AW [64/80] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung MS23K3614AW [64/80] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
4 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun
bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda
kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval
haroratini tekshirib ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli
pechda isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni
tugagandan keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab
ketishi mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom
qoldiqlarini olib tashlash lozim.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga
olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish
muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib
kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pech pechtaxta ustida yoki alohida foydalanish
uchun mo'ljallangan, pech shkaf ichiga o'rnatilmasligi kerak.
Mikroto‘lqin yordamida pishirishda taom va ichimliklarni
metall idishlarga solish mumkin emas.
Jihoz ichidan idishlarni olayotganda aylanuvchi patnis siljib
ketmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.
Jihozni bug‘da tozalagich bilan tozalash mumkin emas.
Mikroto'lqinli pechni suv sepib tozalash mumkin emas.
Bu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash transport
vositalariga o'rnatish uchun mo'ljallanmagan.
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati
cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar
(jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning
xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan
foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat
qilib turgan hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib
turishingiz kerak.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy,
sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar
tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan taqdirda va uning
xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu
qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik
xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga
oshirilmasligi kerak.
MS23K3614AK_BW_DE68-04547Q-00_UZ.indd 4 4/26/2019 3:23:36 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать