Samsung MS23K3614AW [75/80] Mikroto lqinlar

Samsung MS23K3614AW [75/80] Mikroto lqinlar
O'zbek 15
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli
pechda
foydalanish
uchun xavfsiz
Sharhlar
Yupqa shisha idish
Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish mumkin.
Yupqa shisha keskin qizigan paytda sinishi yoki yorilishi
mumkin.
Shisha bankalar
Qopqog'ini olib qo'yish kerak. Faqat isitish uchun yaroqli.
Metall
Taomlar
Elektr yoyini yoki alangalanishni keltirib chiqarishi
mumkin.
Paketlarni bog'lash uchun
buralgan simlar
Qog‘oz
Tarelkalar, stakanchalar,
salfetkalar va oshxona qog'ozi
Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun. Shuningdek,
ortiqcha namlikni yutish uchun yaroqli.
Ikkilamchi xomashyodan
qayta ishlangan qog'oz
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Plastik
Konteynerlar
Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik bo'lsa.
Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat ta'sirida qiyshayib
qolishi, rangini yo'qotishi mumkin. Melaminli plastikdan
foydalanmang.
Qoplovchi plyonka
Namlikni ushlab turish uchun qo'llanilishi mumkin. Taomga
tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda ehtiyot bo'ling,
chunki tashqariga issiq bug' chiqadi.
Muzlatish uchun paketlar
✓✗
Ularni qaynatish mumkin bo'lsa yoki ular pechda ishlatish
uchun yaroqli bo'lsa. Germetik yopilgan bo'lmasligi kerak.
Zarurat tug'ilganida, ularni vilka bilan teshing.
Parafinlangan yoki yog'
o'tkazmaydigan qog'oz
Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini olish uchun
ishlatilishi mumkin.
: Tavsiya
✓✗
: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning
: Foydalanish xavfsiz emas
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto‘lqinlar
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va singgan
holda deyarli taomning ichiga kiradi.
Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Bu molekulalarning
tez tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil bo'lgan issiqlik esa
taomni pishiradi.
Taom tayyorlash
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash
uchun mikroto'lqinlarga o'zlari orqali o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar
zanglamaydigan po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan qaytadi, biroq ular sopol,
shisha, chinni va plastmassa hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning uchun
tayyorlashda metall idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan yoki
muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli mahsulotlar,
baliq va go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. Mikroto'lqinli pechda yana souslar,
qaynatilgan kremlar, sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham tayyorlash
mumkin. Umuman olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni
mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin. Masalan, yog' yoki shokoladni eritish mumkin
(maxsus maslahatlar berilgan bo'limga qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki bug'lanayotgan
suv tayyorlash jarayoniga o'z hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. Taomni turli usullarda
o'rash mumkin, masalan, keramik idish, plastik qopqoq yoki mikroto'lqinga mos keladigan
oziq-ovqat plyonkasi.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha haroratning
tenglashishi uchun biroz kutish juda muhimdir.
MS23K3614AK_BW_DE68-04547Q-00_UZ.indd 15 4/26/2019 3:23:39 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать