Samsung MS23K3614AW [69/80] Xizmat ko rsatish

Samsung MS23K3614AW [69/80] Xizmat ko rsatish
O'zbek 9
Xizmat ko‘rsatish
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
Pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun muntazam tozalab turing. Ayniqsa
eshigi, eshik zichlagichi, aylanuvchi patnis va rolikli taglikka (mavjud modellardagina)
e’tibor bering.
Eshik oson ochilib-yopilmasa, birinchi galda eshik zichlagichiga kir yig‘ilib qolishini
tekshiring. Pechning ichi va ustini tozalash uchun yumshoq lattani sovunli suv bilan
ishlating. Chaying va yaxshilab quriting.
Pech ichida qotib qolgan, hid chiqarayotgan kirlarni ketkazish uchun
1. Pechni bo‘shatib, limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga
qo'ying.
2. Pechni 10 daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida qizdiring.
3. Sikl tugagach, pech sovishini kuting. Keyin eshigini ochib, pishirish bo‘lmasini
tozalang.
Chayqaluvchi isitgichli modellar ichini tozalash
Pishirish kamerasining yuqori qismini
tozalash uchun yuqoridagi isitish elementini
ko‘rsatilganidek qilib 45° pasaytiring. Shunda
tepani tozalash oson bo‘ladi. Tozalab bo‘lgach,
isitish elementini joyiga qaytaring.
DIQQAT
Eshik va uning zichlagichlarini toza tuting hamda eshik oson ochilib-yopilishiga amin
bo‘ling. Aks holda pechning ishlash muddati qisqarishi mumkin.
Pechning ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishidan ehtiyot bo‘ling.
Tozalashda dag‘al yoki kimyoviy moddalardan foydalanmang.
Har bir foydalangandan keyin pechni sovitib, pishirish bo‘lmasini yumshoq yuvish
vositasi eritmasi bilan tozalang.
Almashtirish (ta’mirlash)
OGOHLANTIRISH
Bu pech ichida foydalanuvchi olib qo‘yadigan qismlari yo‘q. Pechni o‘zingiz ko‘chirish
yoki ta’mirlashga urinmang.
Agar ilmoqlar, zichlagich va/yoki eshik bilan muammo aniqlansa, yordam uchun
malakali texnikka yoki mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Chiroq lampasini almashtirmoqchi bo‘lsangiz, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling. Uni o‘zingiz almashtirmang.
Agar pechning tashqi korpusi bilan muammo yuzaga kelsa, avval tokdan uzing, keyin
mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Uzoq vaqt ishlatilmagandagi himoya chorasi
Pechni uzoq vaqt ishlatmasangiz, tokdan uzing va pechni quruq, changsiz joyga
ko‘chiring. Pech ichida yig‘iladigan chang va namlik uning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.
MS23K3614AK_BW_DE68-04547Q-00_UZ.indd 9 4/26/2019 3:23:37 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать