Samsung MS23K3614AW [66/80] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung MS23K3614AW [66/80] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
6 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bo‘sh pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida pech 30 daqiqadan keyin
avtomatik ravishda o‘chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto‘lqinlarni yutishi
uchun uning ichiga bir stakan suv qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Pechni o‘rnatishda bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan oraliqlarga rioya eting. ("Mikroto‘lqinli
pechni o‘rnatish" bo‘limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot
choralariga amal qiling.
Mikroto‘lqinga oid ehtiyot choralari
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga
zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.
Pechni eshigi ochiq turgan holatda ishlatmang. Blokirovkalash kontaktlarini (eshikcha
qulfini) buzmang. Blokirovkalash kontaktlarining tirqishlariga hech narsa tiqmang.
Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday buyum qo‘ymang, zichlovchi
yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l
qo'ymang. Pechdan har gal foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini
oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
Pech shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang. Malakali mutaxassis tomonidan
ta’mirlanganidan so‘nggina ishlating.
Muhim: pech eshigi to‘g‘ri yopilishi kerak. Eshik egilmasligi kerak; eshik ilgaklari
singan yoki bo‘shab qolgan bo‘lmasligi kerak; eshik zichlagichlari va zichlovchi yuzalari
shikastlanmasligi kerak.
Barcha sozlash va ta’mirlash ishlari malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
Mikroto‘lqinga oid ogohlantirish
Ichimliklarni mikroto‘lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib ketishi mumkin, shu
sababli idishlarni ushlashda ehtiyot bo‘lish lozim. Ichimliklarni olishdan oldin kamida
20 soniyaga qo‘yib qo‘ying. Kerak bo‘lsa, isitish paytida aralashtirib turing. Isitilganidan
so‘ng doim aralashtiring.
Kuyib qolganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi amallarni bajaring:
1. Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
2. Unga toza quruq lattani bog'lang.
3. Hech qanday krem, moy yoki losyon surtmang.
Patnis yoki ilgak shikastlanmasligi uchun, taom tayyorlagandan so‘ng darhol suvga
solmang.
Pechda yog‘ni dog‘lamang, chunki yog‘ haroratini boshqarib bo‘lmay qolishi mumkin.
Natijada yog‘ toshib ketishi mumkin.
Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari
Faqat mikroto‘lqinda ishlatish mumkin bo‘lgan idish-tovoq ishlating. Metall idishlar, oltin
yoki kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar kabilardan foydalanmang.
O‘ralgan simlarni olib tashlang. Uchqun chiqishi mumkin.
Qog‘oz yoki kiyimlarni quritish uchun pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib yoki kuyb ketmasligi uchun
vaqtni qisqartiring.
Elektr shnuri va vilkasini suv hamda issiqlik manbalarida uzoqda tuting.
Yorilmasligi uchun xom tuxum yoki qaynatilgan tuxumlarni isitmang. Zich yopilgan yoki
vakuumdagi idishlar, yong‘oq, pomidor va hokazolarni isitmang.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Yong‘in chiqish
xavfi vujudga keladi. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik tarzda o‘chishi mumkin va
u yetarli darajada soviginicha o'chiq holda qoladi.
Idishlarni olayotgan doim pech qo‘lqoplaridan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish
uchun pech o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun pechdan
uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.
MS23K3614AK_BW_DE68-04547Q-00_UZ.indd 6 4/26/2019 3:23:36 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать