Samsung MS23K3614AW [65/80] Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo lsa

Samsung MS23K3614AW [65/80] Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo lsa
O'zbek 5
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa,
xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning
xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak.
Bu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan foydalanish oson
bo'lgan tarzda to'g'ri yo'nalish va balandlikda o'rnatilishi
kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga suv
qo'yilgan holda ishlatilishi va keyin foydalanilishi kerak.
Agar ishlaganda bu pech g'alati shovqin, kuygan hid yoki
tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing
va yaqinroqdagi xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish
mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
Umumiy xavfsizlik
Har qanday o‘zgartirish yoki ta’mirlashni malakali mutaxassis amalga oshirishi kerak.
Germetik konteynerdagi ovqat yoki suyuqlikni mikroto‘lqin funksiyasida isitmang.
Pechni tozalash uchun benzol, suyultirgich, spirt, bug‘ yoki yuqori bosimli tozalagichlardan
foydalanmang.
Pechni bunday joylarga o‘rnatmang: issiqlik manbalari yoki yonuvchan materiallar yaqinida, nam,
yog‘li, chang yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta’siri ostidagi joylar; gaz
sizib chiqishi mumkin bo‘lgan joylar; notekis sirt.
Pechni mahalliy va davlat qoidalariga muvofiq yerga to‘g‘ri ulash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylaridan yot jismlarni ketkazish uchun
muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Gaz sizib chiqayotgan bo‘lsa (propan, siqilgan gaz va hokazo), darhol xonani shamollating. Elektr
shnuriga tegmang.
Elektr shnuriga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.
Pech ishlab turganida uning elektr manbaiga ulash vilkasini sug‘urib olmang.
Barmog‘ingizni yoki yot jismlarni tiqmang. Pechga yot jismlar kirib qolsa, tokdan sug‘uring va
mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Pechga nisbatan kuch ishlatmang yoki ta’sir o‘tkazmang.
Pechni nozik buyumlar ustiga qo‘ymang.
Elektr tarmog‘idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik xususiyatlariga
mosligiga ishonch hosil qiling.
Vilkani rozetkaga mahkam tiqing. Bir nechta vilkali adapter, uzaytirgich yoki transformatorlardan
foydalanmang.
Elektr shnurini metal buyumlarga ilib qo‘ymang. Shnur buyumlarning orasidan yoki pechning
orqasidan o‘tsin.
Shikastlangan vilka, elektr shnuri yoki bo‘shab qolgan rozetkadan foydalanmang. Vilka yoki shnur
shikastlangan bo‘lsa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyum qo‘ymang.
Pech ustiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsid sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Spirt bug‘lari pechning qaynoq qismlariga tegishi
mumkin, shu sababli tarkibida spirt bo‘lgan taom yoki ichimliklarni isitayotganda ehtiyot bo‘ling.
Bolalar pech eshigiga urilib ketishi yoki barmog‘ini qisib olishi mumkin. Eshigini ochib-
yopayotganda bolalarni yaqinlashtirmang.
MS23K3614AK_BW_DE68-04547Q-00_UZ.indd 5 4/26/2019 3:23:36 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать