Samsung MS23K3614AW [71/80] Pechdan foydalanish

Samsung MS23K3614AW [71/80] Pechdan foydalanish
O'zbek 11
Pechdan foydalanish
Taom tayyorlash/Isitish
Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.
DIQQAT
Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO
tekshiring.
Hech qachon mikroto‘lqinli pechning ichi bo‘sh bo‘lganida yoqmang.
Eshikni oching. Tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying.
Eshikchani yoping.
1
2
1. O‘zgaruvchan tayyorlash quvvatini
boshqarish dastasi burab, quvvatni
maksimal darajaga qo‘ying.
(Maksimal quvvat : 800 Vt)
2. Vaqt/Vazn shkalasi ( ) burash orqali
vaqtni qo‘ying.
Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana
boshlaydi.
1) Tayyorlash boshlanadi, yakunlanganida
pech 4 marta tovushli signal beradi.
2) Yakunlanganini eslatish signali (bir
daqiqa intervali bilan) 3 marta beriladi.
3) Displeyda yana joriy vaqt ko‘rsatiladi.
IZOH
Tayyorlash vaqtida O‘zgaruvchan tayyorlash quvvatini boshqarish dastasi burab, quvvat
darajasini o‘zgartirish mumkin.
Pechdan foydalanish
Mikroto'lqinli pechning ishlash tamoyili
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan
ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini
o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
Muzdan tushirish
Isitish
Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili.
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan
chuqurlikdan qaytarilgan mikroto'lqinlar
aylanuvchi patnisda taomni aylantirish
jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning
hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym
(2,5 sm) chuqurlikkacha kiradi. Keyin
issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi
hisobiga pishirish davom ettiriladi.
3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar
va mahsulotning quyidagi xususiyatlariga
bog'liq ravishda turlicha bo'ladi:
Miqdori va zichligi
Tarkibidagi suv miqdori
Boshlang'ich harorat (mahsulotning
muzlatilganligi yoki yo'qligi)
DIQQAT
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga
tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin
ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va
ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:
Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
MS23K3614AK_BW_DE68-04547Q-00_UZ.indd 11 4/26/2019 3:23:38 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать