Samsung NV68R3541RS/WT [137/176] Panjarani bo rtib turgan qismlarini ikki tomonidagi tiqinni oldinga qaratib joylashtiring shunda panjara katta hajmlarni ola oladi

Samsung NV68R3541RS/WT [137/176] Panjarani bo rtib turgan qismlarini ikki tomonidagi tiqinni oldinga qaratib joylashtiring shunda panjara katta hajmlarni ola oladi
O'zbekcha 5
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Hech qachon pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.
Pechdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratlarda foydalanilganda, pech yuzasi qiziydi.
Taom tayyorlagan vaqtda, pech eshigini ochganda ehtiyot bo'ling, chunki issiq havo va bug'
tez chiqishi mumkin.
Tarkibida spirt bo'lgan taomlarni tayyorlaganda, yuqori harorat tufayli spirt bug'lanib chiqishi
va pechning issiq qismlariga tekkanda bug' alangalanishi mumkin.
Xavfsizlikni ta'minlash uchun bu jihozni suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan
tozalamang.
Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.
Pitsa kabi muzlatilgan taomlar katta panjarada tayyorlanishi kerak. Agar pishirish patnisidan
foydalanilsa, haroratdagi katta o'zgarishlar tufayli u deformatsiyalanishi mumkin.
U issiq bo'lgan vaqtda pechning tag qismiga suv quymang. Bu emalli yuzaning shikastlanishiga
olib kelishi mumkin.
Taom tayyorlash vaqtida pech eshiklari yopib qo'yilishi kerak.
Pechning tag qismiga alyuminiy zar qog`ozini qoplamang va hech qanday pishirish patnisi
yoki bankalarni joylashtirmang. Alyumin zar qog`ozi issiqlikni to'sib qo'yadi, bu esa emalli
yuzalarning shikastlanishiga va taomlarning yaxshi tayyor bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.
Meva sharbatlari dog'larni qoldiradi, ular pechning emalli yuzasidan ketmaydigan bo'lishi
mumkin.
Namligi juda ko'p bo'lgan piroglarni tayyorlaganda, ichi chuqur patnisdan foydalaning.
Idishlarni pechning ochiq eshigi ustiga qo'ymang.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang,
chunki ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari
mumkin.
Eshik ustiga chiqmang, egmang, o'tirmang yoki og'ir narsalarni joylashtirmang.
Eshikni haddan tashqari ortiqcha kuch bilan ochmang.
OGOHLANTIRISH: Qurilmani hattoki taom tayyorlash jarayoni tugagandan keyin ham tokdan
ajratmang.
OGOHLANTIRISH: Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.
Panjarani bo'rtib turgan
qismlarini (ikki tomonidagi
tiqinni) oldinga qaratib
joylashtiring, shunda panjara
katta hajmlarni ola oladi.
DIQQAT
Agar tashish vaqtida pech shikastlangan bo'lsa, uni ulamang.
Ushbu qurilma faqat maxsus litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan elektr tarmog'iga
ulanishi kerak.
Qurilma ishlamagan yoki shikastlangan hollarda, undan foydalanishga urinmang.
Ta'mirlash ishlari faqat litsenziyaga ega bo'lgan texnik tomonidan bajarilishi kerak. Noto'g'ri
ta'mirlash siz va boshqalarga jiddiy xatar tug'dirishi mumkin. Pech ta'mirlashga muhtoj bo'lsa,
SAMSUNG xizmat ko'rsatish markazi yoki dileringizga murojaat qiling.
Elektr o'tkazgichlar va kabellar pechga tegib turmasligi kerak.
Ushbu pech elektr tarmog'iga tasdiqlangan zanjir uzgich yoki saqlagich orqali ulanishi kerak.
Hech qachon ko'p vilkali adapterlar yoki uzaytirgichlardan foydalanmang.
Qurilma ta'mirlanayotgan yoki tozalanayotgan vaqtda pechning elektr ta'minoti o'chirib
qo'yilishi kerak.
Elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal
qiling.
Agar bu qurilmada bug‘da pishirish funksiyasi mavjud bo'lsa, suv ta'minoti kartriji
shikastlangan holda, bu qurilmadan foydalanmang. (Faqat bug‘ funksiyasi mavjud modelda)
Kartrij yorilgan yoki singan hollarda, undan foydalanmang va o'zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. (Faqat bug‘ funksiyasi mavjud modelda)
Bu pech faqat uy sharoitida taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Foydalanish vaqtida pechning ichki yuzalari kuydiradigan darajada qiziydi. Qizdirish
elementlariga yoki pechning ichki yuzalariga ular yetarli darajada sovimagunicha
tegmang.
NV68R3541RS_WT_DG68-01033D-00_UZ.indd 5 6/28/2019 12:13:46 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать