Samsung NV68R3541RS/WT [164/176] Aqlli pishirish

Samsung NV68R3541RS/WT [164/176] Aqlli pishirish
32 O'zbekcha
Aqlli pishirish
Aqlli pishirish
Olmali pirog
Tarkibi Xamiri: 275 g un,
1
/2 qoshiq tuz, 125 g oq shakar kukuni, 8 g vanilli
shakar, 175 g yaxna sariyog‘, 1 ta tuxum (ko‘pirtirilgan)
Masalliq: 750 g butun olmalar, 1 qoshiq limon sharbati, 40 g shakar,
1
/2 qoshiq dolchin, 50 g urug‘siz mayiz, 2 qoshiq ushoq
Tayyorlash
usuli
Tog‘oradagi unga tuz soling. Unga shakar kukuni bilan vanilli shakar
soling. Sariyog‘ni un ichida 2 ta pichoq bilan maydalang. Ko‘pirtirilgan
tuxumning
3
/4 qismini soling. Hamma masalliqlarni oshxona kombaynida
qumoq-qumoq bo‘lgunicha aralashtiring. Xamirni qo‘lda yumaloq shaklga
keltiring. Polimer plyonkaga o‘rab, 30 daqiqaga qo‘yib qo‘ying.
24-26 sm diametrli qolipni yog‘lab, yuzasiga un seping. Xamirning
3
/4
qismini 5 mm qalinlikda yoying. Qolipga soling (tagi va yon tomonlariga).
Olmani archib, o‘rtasini olib tashlang. Kub shaklida
3
/4 x
3
/4 sm o‘lchamda
to‘g‘rang. Limon sharbati sepib, yaxshilab aralashtiring. Korinka va
mayizlarni yuvib, quriting. Shakar, dolchin, mayiz va korinkalarni
qo‘shing. Yaxshilab aralashtirib, xamir tagiga ushoq seping. Ozgina ezing.
Qolgan xamirni ham yoying. Xamirni uzunchoq bo‘lakda kesib, qiyma
ustiga panjara qilib qo‘ying. Pirogning ustiga qolgan tuxumni tekis surtib
chiqing.
Lazanya
Tarkibi 2 qoshiq zaytun moyi, 500 g go‘sht qiymasi, 500 ml pomidor sousi, 100
ml lahm go‘sht, 150 g quritilgan lazanya bo‘lagi, 1 ta piyoz (to‘g‘ralgan),
200 g qirilgan pishloq, 1 qoshiq quritilgan petrushka, oregano, rayhon
Tayyorlash
usuli
Go‘sht uchun pomidor sousini tayyorlang. Moyni tovada qizitib,
qiyma bilan piyozni qizartirib, 10 daqiqacha qovuring. Ustidan
pomidor sousini quyib, go‘shtni soling, quritilgan ziravorlarni
qo‘shing. Qaynatib olib, keyin 30 daqiqaga miltillatib qo‘ying.
Lazanyani o‘ramdagi yo‘riqnomasiga qarab pishiring. Lazanya vermisheli,
go‘sht sousi va pishloqni bir qatlam qilib soling, keyin yana bir qatlam
soling. Keyin ustidan qolgan pishloqni tekis seping.
NV68R3541RS_WT_DG68-01033D-00_UZ.indd 32 6/28/2019 12:14:15 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать