Samsung NV68R3541RS/WT [144/176] Ko p ishlatiladigan sozlamalar

Samsung NV68R3541RS/WT [144/176] Ko p ishlatiladigan sozlamalar
12 O'zbekcha
Amallar
Amallar
Ko‘p ishlatiladigan sozlamalar
Barcha tayyorlash rejimlarida odatiy harorat va/yoki tayyorlash vaqtini o‘zgartirish ko‘p
bo‘ladi. Tanlangan tayyorlash rejimi uchun harorat va/yoki tayyorlash vaqtini o‘zgartirish
uchun quyidagi bosqichlarga amal qiling.
Harorat
1. Rejim yoki funksiyani tanlash uchun rejim
tanlagichni burang. Har bir tanlanmaning
odatiy harorati ko‘rinadi.
2. Kerakli haroratni qo‘yish uchun qiymat
shkalasini aylantiring.
3. O‘zgartirishlarni tasdiqlash uchun OK
tugmasini bosing.
IZOH
Birnecha soniya ichida boshqa sozlamalarni qo‘ymasangiz, pech avtomatik ravishda odatiy
sozlamalar bilan pishirishni boshlaydi.
Qo‘yilgan haroratni o‘zgartirish uchun
tugmasini bosib, yuqoridagi bosqichlarga amal
qiling.
Pech ichidagi aniq haroratni mos keladigan termometr bilan va vakolatli mahkama
belgilagan usul bilan o‘lchash mumkin.
Boshqa termometrlar ishlatilsa, xato o‘lchanishi mumkin.
10 Pech chirog‘i Ichki chiroqni yoqish yoki o‘chirish uchun bosing. Quvvatni
tejash maqsadida, chiroq bir oz muddat harakatsizlikdan so‘ng
o‘chadi.
11 Bolalardan qulash Noxush hodisalarning oldini olish maqsadida Bolalardan
qulash barcha tugmalarni o‘chirib qo‘yadi.
Ammo rejim tanlagichni o‘chirish holatiga burab, uni
o‘chirishingiz mumkin.
Boshqaruv panelini qulash uchun 3 soniya bosib turing,
qulfni ochish uchun ham 3 soniya bosib turing.
12 Qiymat shkalasi Shkalani quyidagilar uchun ishlating:
Tayyorlash vaqti yoki haroratini qo‘yish.
Yuqori darajadagi menyulardan bandni tanlash: Tozalash,
Avto tayyorlash, Maxsus funksiya yoki Gril.
Avto tayyorlash dasturlari uchun porsiya hajmini tanlash.
IZOH
Plastik yoki pech qo‘lqoplarini kiygan holda displeyga teginilsa, to‘g‘ri ishlamasligi
mumkin.
Eshigi ochilsa yoki pech ishlashni boshlasa, chirog‘i avtomatik ravishda yonadi.
NV68R3541RS_WT_DG68-01033D-00_UZ.indd 12 6/28/2019 12:13:57 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать