Samsung NV68R3541RS/WT [141/176] Boshlashdan oldin

Samsung NV68R3541RS/WT [141/176] Boshlashdan oldin
O'zbekcha 9
Boshlashdan oldin
Pechni mahkamlash
A
Pech bilan bufetning ikkala tomoni orasida kamida
5 mm oraliq (A) qoldiring.
Pechni bufet ichiga sig‘diring va har ikkala
tomonidan 2 ta vint bilan mahkam qotiring.
O‘rnatish tugallangach, himoya plyonkasi, tasma va boshqa o‘rama materiallarini olib tashlang
va anjomlarni pech ichidan oling. Pechni bufetdan chiqarish uchun avval tokdan uzing, keyin
pechning ikki tomonidagi 2 ta vintni bo‘shating.
OGOHLANTIRISH
Pech me'yorda ishlashi uchun havo aylanishi kerak. Hech qachon havo tirqishlarini to‘sib
qo‘ymang.
IZOH
Pechning asl ko‘rinishi modeliga qarab farq qilishi mumkin.
Boshlashdan oldin
Ilk sozlamalar
Pechni birinchi marta yoqqaningizda, displeyda “12:00” ko‘rsatiladi va soat qismi (“12”) o‘chib-
yonadi. Joriy vaqtni qo‘yish uchun quyidagi bosqichlarga amal qiling.
1. Soat qismi o‘chib-yonayotganida, soatni
qo‘yish uchun qiymat shkalasini (o‘ng
tomondagi) aylantiring, keyin daqiqa qismiga
o‘tish uchun OK tugmasini bosing.
2. Daqiqa qismi o‘chib-yonayotganida, daqiqani
qo‘yish uchun qiymat shkalasini aylantiring,
keyin OK tugmasini bosing.
Bu sozlamani qo‘ygandan so‘ng joriy vaqtni
o‘zgartirish uchun tugmasini 3 soniya bosib
turing, keyin yuqoridagi bosqichlarga amal qiling.
Yangi pech isi
Pechni birinchi marta ishlatishdan oldin uning ichini tozalang, shunda isi ketadi.
1. Pech ichidagi anjomlarni olib tashlang.
2. Pechni Konveksiya 200 °C yoki An’anaviy 200 °C da bir soat ishlating. Bunda pech ichida
qolgan jismlar kuyib ketadi.
3. Tugallangach, pechni o‘chiring.
NV68R3541RS_WT_DG68-01033D-00_UZ.indd 9 6/28/2019 12:13:54 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать