Samsung NV68R3541RS/WT [166/176] Xizmat ko rsatish

Samsung NV68R3541RS/WT [166/176] Xizmat ko rsatish
34 O'zbekcha
Xizmat ko‘rsatish
Xizmat ko‘rsatish
IZOH
Modeliga qarab, katalitik qismlar bir tomondan yoki 3 tomondan qoplangan.
Eshikni olish
Oddiy foydalanish maqsadlarida pech eshigi olib qo'yilmasligi kerak, biroq, masalan, tozalash
maqsadida eshikni olish zarur bo'lgan hollarda quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling.
DIQQAT
Pech eshigi og'ir.
1. Eshikni oching va har ikkala ilmoqlardagi
qisqichlarni to'liq oching.
70°
2. Eshikni taxminan 70° ga yoping. Ikkala
qo'llaringiz bilan pech eshigi yon
tomonlarining o'rta qismidan mahkam
ushlang va ilmoqlar olinishi mumkin
bo'lgunicha torting.
Tozalash
OGOHLANTIRISH
Tozalashdan avval pech va anjomlarning soviganiga ishonch hosil qiling
Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung,
pichoq yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.
Pechning ichki qismi
Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq
sovunli suvdan foydalaning.
Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.
Pechning emal yuzasini shikastlanmasligi uchun standart pech tozalagichidan
foydalaning.
Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.
Pechning tashqi yuzasi
Pechka eshigi, tutqichi va displeyi kabi tashqi yuzalarni tozalash uchun toza mato va yumshoq
tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va quruq latta yoki sochiq bilan arting.
Ichidan qaynoq havo chiqayotgani uchun yog‘ va kirlar ayniqsa tutqich atroda qolib ketishi
mumkin. Har gal ishlatgandan so‘ng tutqichni tozalash tavsiya etiladi.
Anjomlar
Har gal foydalangandan keyin anjomlarni yuving va oshxona sochig'i bilan quriting.
Qotgan kirlarni ketkazish uchun ishlatilgan anjomlarni yuvishdan oldin iliq sovunli suvda
30 daqiqacha iviting.
Katalitik emalli yuza (ayrim modellardagina)
Olinadigan qismlar to‘q kulrang katalitik emal bilan qoplangan. Konveksion isitish paytida ular
havo aylanishi tufayli yog‘ va moylardan kirlanishi mumkin. Ammo bu kirliklar 200 °C yoki
undan yuqori haroratda kuyib ketadi.
1. Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.
2. Pech ichini tozalang.
3. Maksimal harorat bilan Konveksiya rejimini tanlang, keyin siklni bir soat ishlating.
NV68R3541RS_WT_DG68-01033D-00_UZ.indd 34 6/28/2019 12:14:16 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать