Samsung MG23T5018AK [151/192] Mikroto lqinga oid ehtiyot choralari

Samsung MG23T5018AK [151/192] Mikroto lqinga oid ehtiyot choralari
O'zbek 7
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Mikroto‘lqinga oid ehtiyot choralari
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli ta'siriga olib
kelishi mumkin.
Pechni eshigi ochiq turgan holatda ishlatmang. Blokirovkalash kontaktlarini (eshikcha qulni) buzmang.
Blokirovkalash kontaktlarining tirqishlariga hech narsa tiqmang.
Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday buyum qo‘ymang, zichlovchi yuzalarda ovqat
qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan har gal
foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta
bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
Pech shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang. Malakali mutaxassis tomonidan tamirlanganidan so‘nggina
ishlating.
Muhim: pech eshigi to‘g‘ri yopilishi kerak. Eshik egilmasligi kerak; eshik ilgaklari singan yoki bo‘shab
qolgan bo‘lmasligi kerak; eshik zichlagichlari va zichlovchi yuzalari shikastlanmasligi kerak.
Barcha sozlash va tamirlash ishlari malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari
Faqat mikroto‘lqinda ishlatish mumkin bo‘lgan idish-tovoq ishlating. Metall idishlar, oltin yoki kumush
qoplangan oshxona idishlari, shampurlar kabilardan foydalanmang.
O‘ralgan simlarni olib tashlang. Uchqun chiqishi mumkin.
Qog‘oz yoki kiyimlarni quritish uchun pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib yoki kuyb ketmasligi uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr shnuri va vilkasini suv hamda issiqlik manbalarida uzoqda tuting.
Yorilmasligi uchun xom tuxum yoki qaynatilgan tuxumlarni isitmang. Zich yopilgan yoki vakuumdagi idishlar,
yong‘oq, pomidor va hokazolarni isitmang.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Yong‘in chiqish xav vujudga keladi.
Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik tarzda o‘chishi mumkin va u yetarli darajada sovigunicha o'chiq holda
qoladi.
Idishlarni olayotgan doim pech qo‘lqoplaridan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish uchun pech
o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l
masofasida turish kerak.
Bo‘sh pechni yoqmang. Xavfsizlikni taminlash maqsadida pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda
o‘chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto‘lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suv qo‘yib
qo‘yish tavsiya qilinadi.
Pechni o‘rnatishda bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan oraliqlarga rioya eting. ("Mikroto‘lqinli pechni o‘rnatish"
bo‘limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 7 2020-02-03  2:29:57

Содержание

Похожие устройства