Samsung MG23T5018AK [153/192] O rnatish

Samsung MG23T5018AK [153/192] O rnatish
O'zbek 9
O‘rnatish
O‘rnatish
Anjomlar
Siz xarid qilgan modelga qarab, uning to'plamiga bir nechta anjom kiradi, ular turli shaklda qo'llanilishi
mumkin.
01
01 Rolikli taglik, pechning markaziga o'rnatiladi.
Rolikli taglik aylanuvchi patnisni ushlab turadi.
02
02 Aylanuvchi patnis, rolikli taglikka markazi muftaga
o'rnashadigan tarzda joylashtiriladi.
Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash uchun asosiy
yuza bo'lib xizmat qiladi; uni osonlik bilan pechdan
chiqarib olish va yuvish mumkin.
03
03 Gril uchun taglik, aylanuvchi patnisga o‘rnatiladi.
Metall taglikdan gril rejimida va taom tayyorlashning
birgalikdagi rejimida foydalanish mumkin.
DIQQAT
Mikroto‘lqinli pechdan rolikli taglik va aylanuvchi patnissiz foydalanmang.
O‘rnatiladigan joy
A
B
C
C
D
A. yuqoridan 20 sm
B. orqadan 10 sm
C. yon tomondan 10 sm
D. poldan 85 sm
Poldan taxminan 85 sm balandlikdagi yassi, tekis
yuzani tanlang. Yuza pechning og‘irligini ko‘tara
olishi kerak.
Havo aylanishi uchun pechning tepasidan 20 sm,
chap/o‘ng/orqa tomonidan esa 10 sm oraliq
qoldiring.
Pechni issiq yoki nam joyga, masalan, boshqa
mikroto‘lqinli pechlar yoki radiatorlar yoniga
o'rnatmang.
Pechning elektr taminotiga oid xarakteristikalariga
rioya qiling. Uzaytirgich ishlatish zarur bo‘lsa, faqat
tasdiqdan o‘tganini ishlating.
Mikroto'lqinli pechni ilk marta ishlatishdan oldin
uning ichki yuzasini va eshikchaning zichlagichini
nam latta bilan arting.
Aylanuvchi patnis
Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib
oling. Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating.
Aylanuvchi patnis bemalol aylanishini tekshiring.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 9 2020-02-03  2:29:57

Содержание

Похожие устройства