Samsung MG23T5018AK [176/192] Idishlarni tanlash bo yicha yo riqnoma

Samsung MG23T5018AK [176/192] Idishlarni tanlash bo yicha yo riqnoma
32 O'zbek
Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli
pechda foydalanish
uchun xavfsiz
Sharhlar
Shisha bankalar
Qopqog'ini olib qo'yish kerak. Faqat isitish uchun yaroqli.
Metall
Taomlar
Elektr yoyini yoki alangalanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Paketlarni bog'lash
uchun buralgan simlar
Qog‘oz
Tarelkalar,
stakanchalar,
salfetkalar va oshxona
qog'ozi
Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun. Shuningdek,
ortiqcha namlikni yutish uchun yaroqli.
Ikkilamchi
xomashyodan qayta
ishlangan qog'oz
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Plastik
Konteynerlar
Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik bo'lsa.
Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat ta'sirida qiyshayib
qolishi, rangini yo'qotishi mumkin.
Melaminli plastikdan foydalanmang.
Qoplovchi plyonka
Namlikni ushlab turish uchun qo'llanilishi mumkin. Taomga
tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda ehtiyot bo'ling,
chunki tashqariga issiq bug' chiqadi.
Muzlatish uchun
paketlar
✓✗
Ularni qaynatish mumkin bo'lsa yoki ular pechda ishlatish
uchun yaroqli bo'lsa. Germetik yopilgan bo'lmasligi kerak.
Zarurat tug'ilganida, ularni vilka bilan teshing.
Paranlangan yoki yog'
o'tkazmaydigan qog'oz
Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini olish uchun
ishlatilishi mumkin.
: Tavsiya
✓✗
: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning
: Foydalanish xavfsiz emas
Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga kirishlari va foydalaniladigan
idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak.
Shuning uchun idishlarni tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar idishda mikroto'lqinli pechlarda
foydalanish mumkinligi ko'rsatib qo'yilgan bo'lsa, undan foydalanish mumkin.
Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va ularning mikroto'lqinli pechda foydalanish mumkinligi
va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko'rsatilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli
pechda foydalanish
uchun xavfsiz
Sharhlar
Alyumin folga
✓✗
Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya qilish uchun
oz miqdorda ishlatish mumkin. Agar folga pech devoriga
juda yaqin joylashgan bo'lsa yoki folga juda ko'p miqdorda
ishlatilayotgan bo'lsa, elektr yoyi hosil bo'lishi mumkin.
Qizartiruvchi idish
Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.
Chinni va sopol buyumlar
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan keramika va
Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak bo'lmasa, mos keladi.
Bir martalik plastik
tog'orachalar
Ba'zi muzlatilgan mahsulotlar ana shunday tog'orachalarga
solinib o'raladi.
Tez tayyorlanadigan
mahsulotlar o'rami
Polistirol stakanchalar
va konteynerlar
Taomni isitish uchun foydalanish mumkin. Qizib ketsa,
polistirol erishi mumkin.
Qog'oz paketlar yoki
gazetalar
Yonib ketishi mumkin.
Ikkilamchi
xom-ashyodan
tayyorlangan qog'oz
yoki metall bezak
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Shisha idish
Toblangan shishadan
tayyorlangan idish
Metall bezagi bo'lmasa, ishlatish mumkin.
Yupqa shisha idish
Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish mumkin.
Yupqa shisha keskin qizigan paytda sinishi yoki yorilishi
mumkin.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 32 2020-02-03  2:30:01

Содержание

Похожие устройства