Samsung MG23T5018AK [164/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish

Samsung MG23T5018AK [164/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish
20 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-7
Krujkadagi keks
1 porsiya Sariyog‘ 30 g, shakar 60 g, tuxum 1 dona, un 50 g, sut
30 g, vanil 6 g, bodom kukuni 3 g, pishirish sodasi 1,5 g
Ko'rsatmalar
1. Sariyog‘ va tuxumni idishga solib, aralashtiring.
2. Un, shakar va pishirish sodasini qo‘shib, aralashtiravering.
3. Bodom kukuni va vanilni qo‘shib, aralashtiring.
4. Krujkani mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-7] bandini
tanlang.
5. Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
1-8
Kafe Latte
1 porsiya Tez eruvchan kofe 2 g, suv 50 g, sut 125 g
Ko'rsatmalar
1. Kofe kukuni va suvni krujkada aralashtiring.
2. Boshqa krujkaga sutni quying.
3. Kofe aralashmasini mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-8]
bandini tanlang.
4. Signal bergach, krujkani oling.
5. Sutni mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30сек (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing.
6. Tayyorlab bo‘lgach, hammasini yaxshilab aralashtiring va dasturxonga
torting.
1-9
Ko‘k choy latte
1 porsiya Ko‘k choy kukuni 6 g, shakar 15 g, sut 250 g
Ko'rsatmalar
1. Barcha masalliqlarni krujkada aralashtiring.
2. Krujkani mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-9] bandini
tanlang.
3. Tayyorlab bo‘lgach, yaxshilab aralashtiring va dasturxonga torting.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-10
Sutli choy
1 porsiya Qora choy paketchasi 2 dona, suv 60 g, sut 125 g
Ko'rsatmalar
1. Qora choy paketchasi va suvni krujkada aralashtiring.
2. Boshqa krujkaga sutni quying.
3. Choy aralashmasini mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-10]
bandini tanlang.
4. Signal bergach, krujkani oling.
5. Sutni mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30сек (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing.
6. Tayyorlab bo‘lgach, hammasini yaxshilab aralashtiring va dasturxonga
torting.
2. Rus retseptlari
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-1
Quymoq
130-135 g Tuxum – 3 dona, sut – 30 ml, tuz – 2 g
Ko'rsatmalar
Tuxumni sut va tuz bilan aralashtiring va hosil bo'lgan massani tarelkaga
quying.
Tayyorlashni boshlang.
2-2
Konservalangan no'xotli
sosiskalar
Sosiska – 2 dona
Issiq no'xotlar -
132 g
Sosiska – 2 dona (50 g/dona), sariyog’ – 5 g,
konservalangan no'xat – 135 g (suyuqliksiz)
Ko'rsatmalar
Sanchigan sosiskalarni plastik qopqoqsiz tarelkaga qo'ying va sariyog'
qo'shing. Yog' ustidan konservalangan no'xotni joylashtiring. Tayyorlashni
boshlang.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 20 2020-02-03  2:30:00

Содержание

Похожие устройства

Скачать