Samsung MG23T5018AK [156/192] Mikroto lqinli pechning ishlash tamoyili

Samsung MG23T5018AK [156/192] Mikroto lqinli pechning ishlash tamoyili
12 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechning ishlash tamoyili
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar
taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
Muzdan tushirish
Isitish
Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan
chuqurlikdan qaytarilgan mikroto'lqinlar aylanuvchi
patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis
taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis
tayyorlanadi.
2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm)
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot
ichida tarqalishi hisobiga pishirish davom ettiriladi.
3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va
mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq
ravishda turlicha bo'ladi:
Miqdori va zichligi
Tarkibidagi suv miqdori
Boshlang'ich harorat (mahsulotning
muzlatilganligi yoki yo'qligi)
IZOH
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom
tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom etadi. Shuning uchun quyidagilarni
ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish
lozim:
Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
Pechning to'g'ri ishlashini tekshirish
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pech to'g'ri ishlayotganini tekshirish imkonini
beradi.
Agar muammo bo‘lsa, Nosozliklarni bartaraf etish bo‘limining 42 - 46 betlariga qarang.
IZOH
Mikroto'lqinli pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Aylanuvchi patnis
pechga joylashtirilishi kerak. Agar maksimal quvvatdan (100 % - 800 Vt) boshqa quvvat ishlatilsa, suv kechroq
qaynaydi.
3
1. Pech eshigini ochish uchun tutqichni torting.
2. Aylanuvchi patnisga bir stakan suvni qo‘yib, eshigini
yoping.
3. СВЧ (Mikroto‘lqin) tugmasini bosing.
4
4. Vaqtni belgilash uchun СТАРТ/+30сек
(BOSHLASH/+30s) tugmasini 4 yoki 5 marta bosing.
5. Mikroto'lqinli pech belgilangan vaqt davomida suvni
isitadi. Suv qaynayotganiga amin bo‘ling.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 12 2020-02-03  2:29:58

Содержание

Похожие устройства