Samsung MG23T5018AK [183/192] Mikroto lqin gril

Samsung MG23T5018AK [183/192] Mikroto lqin gril
O'zbek 39
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto'lqin+Gril
Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi tayyorlash tezligini
birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi. Patnisning aylanishi
taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Pechning bu modelida tayyorlashning uch xil birlashgan rejimi
mavjud:
600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin+Gril rejimi uchun oxshona anjomlari
Mikroto'lqinlarni o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa chidamli bo'lishi
kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa
idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Mikroto'lqin+Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo'lgan (masalan,
pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan
mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq
bo'ladigan taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'dariladi)
qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin. Ko'proq ma'lumotlar olish uchun grildan
foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh:
Birgalikda foydalanish (mikroto'lqinlar + gril) rejimidan foydalanilgan hollarda, agar ko'rsatmalarda boshqacha
ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish kerakligini yodda tuting. Quyidagi jadvaldagi
ko'rsatmalarga qarang.
Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Non
Bulochka (har biri
taxminan 50 g)
2 dona
4 dona
180 Vt ½-1
2-2½
Tost/Sendvich 250 g 180 Vt 4½-5
Nemischa non
(bug‘doy + javdar uni)
500 g 180 Vt 8-10
Ko'rsatmalar
Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga bulochkalarni
aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda qo'ying. Muzdan tushirish vaqtining
yarmi o'tishi bilan ag'daring. 5-20 daqiqa kuting.
Gril
Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan.
Ular faqat pech eshikchasi yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning
tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Agar gril 3-5 daqiqa qizdirib olinsa, tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oxshona anjomlari
Tarkibida metall mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish kerak. Plastmassa
idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar
Ezilgan go'shtlar, sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari, baliqning yupqa
bo'laklari, sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh
Faqat gril rejimidan foydalanilgan hollarda, agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa,
mahsulotlarni gril tokchasiga joylashtirish kerakligini yodda tuting.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 39 2020-02-03  2:30:02

Содержание

Похожие устройства