Samsung MG23T5018AK Инструкция по эксплуатации онлайн [163/192] 587224

Samsung MG23T5018AK Инструкция по эксплуатации онлайн [163/192] 587224
O'zbek 19
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-3
Biskvit
1 porsiya Un 170 g, sariyog‘ 50 g, shakar 150 g, tuxum 3 dona,
pishirish sodasi 10 g
Ko'rsatmalar
1. Sariyog‘ va shakarni jomda aralashtiring.
2. Tuxumni qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
3. Un bilan pishirish sodasini qo‘shib, aralashtiravering.
4. Aralashmani yog‘langan shisha yoki plastik idishga quying.
5. Idishni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-3] bandini
tanlang.
6. Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
1-4
Shokoladli pirojniy
1 porsiya Un 90 g, sariyog‘ (eritilgan) ½ chashka, shakar 230 g,
tuxum 2 dona, kakao kukuni 40 g
Ko'rsatmalar
1. Sariyog‘, ko‘pirtirilgan tuxum va shakarni jomda aralashtiring.
2. Un bilan kakao kukunini qo‘shib, aralashtiravering.
3. Aralashmani yog‘langan shisha yoki plastik idishga quying.
4. Idishni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-4] bandini
tanlang.
5. Tayyorlagandan keyin 20-30 daqiqa kuting.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-5
Tuxumli pudding
1 porsiya
(3 dona)
Sut 250 g, shakar 40 g, tuxum 2 dona.
Ko'rsatmalar
1. Idishga ikkita tuxumni chaqing. Tuxumni aralashtirgich bilan yengil
ko‘pirtiring. Aralashtirgichni idish tubidan ko‘tarmang, juda ko‘p
ko‘pirmasligi kerak.
2. Sut va shakarni boshqa idishda aralashtiring.
3. Aralashmani ko‘pirtirish mobaynida sutga tuxumni qo‘shing.
4. Tuxum aralashmasini mayda elakdan o‘tkazing. Elak tubini kurak bilan
qirib oling. Yuzadagi ko‘pikni qoshiq bilan olib tashlang.
5. Aralashmani krem chashkalariga quying.
6. Stakanlarni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-5] bandini
tanlang.
7. Tayyorlagandan keyin soviting va dasturxonga torting.
1-6
Krujkadagi shokoladli
keks
1 porsiya Sariyog‘ 30 g, shakar 60 g, tuxum 1 dona, quyuq qaymoq
40 g, un 25 g, kakao kukuni 15 g, vanil 1,5 g, yarim shirin
shokolad qirindilari 50 g
Ko'rsatmalar
1. Sariyog‘, tuxum va qaymoqni idishga solib, aralashtiring.
2. Un va shakarni qo‘shib, aralashtiravering.
3. Kakao va vanilni qo‘shib, aralashtiring.
4. Shokolad qirindilarini ham qo‘shing.
5. Krujkani mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-6] bandini
tanlang.
6. Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 19 2020-02-03  2:30:00

Содержание

Похожие устройства