Samsung NV75J5540RS/WT [292/308] Aqlli pishirish

Samsung NV75J5540RS/WT [292/308] Aqlli pishirish
60 O'zbek
Aqlli pishirish
Aqlli pishirish
Kish-loren
Tarkibi Pishiriq: 200 g un, 80 g sariyog‘, 1 ta tuxum
Ichidagisi: 75 g kub shaklidagi yog‘siz bekon, 125 ml qaymoq, 125 g krem
fresh, 2 ta tuxum, ko‘pirtirilgan, 100 g qirilgan shveysar pishlog‘i, tuz va
qalampir
Tayyorlash usuli Tayyorlash uchun un, sariyog‘ va tuxumni tog‘oraga solib, aralashtiring, keyin
30 daqiqaga sovutkichga qo‘yib qo‘ying. Xamirni yoyib, kish uchun yog‘langan
keramik idishga soling (25 sm diametrli). Tagini sanchqi bilan teshing. Tuxum,
qaymoq, krem fresh, pishloq, tuz va qalampirni aralashtiring. Uni xamirga
pishirishdan oldin quying.
Mevali shirinlik
Tarkibi Usti: 200 g un, 100 g sariyog‘, 100 g shakar, 2 g tuz, 2 g dolchin kukuni
Meva: 600 g aralash mevalar
Tayyorlash usuli Hamma masalliqlarni aralashtiring. Mevalarni pech idishiga joylab, ustidan
masalliqni seping.
Uy pitsasi
Tarkibi Pitsa xamiri: 300 g un, 7 g quritilgan achitqi, 1 qoshiq zaytun moyi, 200 ml
iliq suv, 1 qoshiq shakar va tuz
Usti: 400 g parraklangan sabzavot (baqlajon, qovoqcha, piyoz, pomidor),
100 g vetchina yoki bekon (to‘g‘ralgan), 100 g qirilgan pishloq
Tayyorlash usuli Un, achitqi, moy, tuz, shakar va iliq suvni tog‘oraga solib, aralashtirib xamiq
qiling. Mikser yoki qo‘lda 5-10 daqiqa aralashtiring. Qopqoq bilan yopib,
xamir oshishi uchun 30 daqiqaga 35 °C darajada pechga qo‘yib qo‘ying.
Xamirni un sepilgan joyda to‘rtburchak shaklda iylab, patnis yoki pitsa
tovasiga soling. Ustiga pomidor pyuresini yoyib, vetchina, qo‘ziqorin, zaytun
va pomidorni soling. Ustidan tekis qilib pishloq seping va dimlab qoying.
NV75J5540RS_WT_DG68-00616J-04_RU+UK+KK+UZ.indb 60 2018-07-26  12:13:37

Содержание

Похожие устройства

Скачать