Samsung NV68R5540CB/WT [126/160] Ushbu mashinani to g ri chiqitga chiqarish ishlatilgan elektr va elektronika jihozi

Samsung NV68R5540CB/WT [126/160] Ushbu mashinani to g ri chiqitga chiqarish ishlatilgan elektr va elektronika jihozi
6 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlikni ta'minlash uchun bu jihozni suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.
Pitsa kabi muzlatilgan taomlar katta panjarada tayyorlanishi kerak. Agar pishirish patnisidan
foydalanilsa, haroratdagi katta o'zgarishlar tufayli u deformatsiyalanishi mumkin.
U issiq bo'lgan vaqtda pechning tag qismiga suv quymang. Bu emalli yuzaning shikastlanishiga olib
kelishi mumkin.
Taom tayyorlash vaqtida pech eshiklari yopib qo'yilishi kerak.
Pechning tag qismiga alyuminiy zar qog`ozini qoplamang va hech qanday pishirish patnisi yoki
bankalarni joylashtirmang. Alyumin zar qog`ozi issiqlikni to'sib qo'yadi, bu esa emalli yuzalarning
shikastlanishiga va taomlarning yaxshi tayyor bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.
Meva sharbatlari dog'larni qoldiradi, ular pechning emalli yuzasidan ketmaydigan bo'lishi mumkin.
Namligi juda ko'p bo'lgan piroglarni tayyorlaganda, ichi chuqur patnisdan foydalaning.
Idishlarni pechning ochiq eshigi ustiga qo'ymang.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki
ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
Eshik ustiga chiqmang, egmang, o'tirmang yoki og'ir narsalarni joylashtirmang.
Eshikni haddan tashqari ortiqcha kuch bilan ochmang.
OGOHLANTIRISH: Qurilmani hattoki taom tayyorlash jarayoni tugagandan keyin ham tokdan
ajratmang.
OGOHLANTIRISH: Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika
jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga
tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka
ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan,
zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini
o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda
chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz
tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning
salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish
uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning
boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda
takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish
uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi
to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan
chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat o siga murojaat qilishlari
kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari
bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan
tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini
tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarmaslik kerak.
Avtomatik energiyani tejash funksiyasi
Qurilma ishlayotganida muayyan vaqt ichida foydalanuvchi tegmasa, qurilma ishlashdan
to‘xtaydi va Kutish holatiga o‘tadi.
Chiroq : Tayyorlash paytida "Pech chirog'i" tugmasini bosish orqali pech chirog‘ini o‘chirishingiz
mumkin. Quvvatni tejash uchun tayyorlash dasturi boshlangandan keyin pech chirog‘i bir necha
marta o‘chadi.
NV68R5540CB_WT_DG68-00995D-00_UZ.indd 6 2019-11-29  10:42:34

Содержание

Похожие устройства

Скачать