Samsung NV68R5540CB/WT [131/160] Ikkitalik tayyorlash rejimi

Samsung NV68R5540CB/WT [131/160] Ikkitalik tayyorlash rejimi
O'zbek 11
Boshlashdan oldin
Universal patnis * Universal patnis (chuqurligi : 30 mm) pishirish va qizdirib tayyorlashda
ishlatiladi. Pech tubiga suyuqlik tomishining oldini olish uchun panjara
bo‘lmasidan foydalaning.
Egilgan tomonini oldiga qilib qo‘ying.
Chuqur patnis * Chuqur patnis (chuqurligi: 50 mm) panjara tortmasi bilan yoki usiz
qizdirib tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini oldiga qilib qo‘ying.
Gril sixi * Gril sixi tovuq kabi taomlarni tayyorlashda ishlatiladi. Gril sixini
bittalik rejimda 3-qavatda ishlating, u yerda sixni qo‘ygich bor. Grilda
tayyorlayotganda six tutqichini burab, chiqarib oling.
Sixli moslama va
kabob *
Selini tutish uchun patnisni 1-holatdagi tokchaga qo‘ying yoki yirik
go‘shtni qo‘yish uchun pech tubiga qo‘ying. Sixga 1,5 kg gacha bo‘lgan
go‘sht ilish tavsiya etiladi.
1. Sixni go‘shtga tiqing. Sixni tiqishga yordam bo‘lishi uchun tutqichini
to‘mtoq uchiga burab kirgizing.
2. Qaynatilgan kartoshka va sabzavotlarni go‘sht atroga qo‘ying.
3. Tayanchni o‘rta tokchaga "V" shaklini oldinga qilib qo‘ying. Sixning
ko‘rsatkich uchini orqaga qilgan holda, tayanchga qo‘ying va
pechning orqa panelidagi aylantirish mexanizmiga kirgunicha ohista
itaring. Sixning to‘mtoq uchi "V" shakli ustiga qo‘yilishi kerak. (Sixda
sixning oldinga surilib ketishini oldini olish uchun pech eshigiga
yaqin joylashtirilishi kerak bo'lgan ikkita bo'rtiq bor, bo'rtiqlar yana
qo'l uchun dasta vazifasini ham bajaradi).
4. Pishirishdan oldin tutqichni bo'shatib yeching.
5. Tayyorlagandan keyin sixni tayanchdan olish oson bo‘lishi uchun
dastani qayta joyiga qotiring.
OGOHLANTIRISH
Six tutqichi joyiga to‘g‘ri o‘rnashsin.
Sixdan foydalanishda ehtiyot bo‘ling. Sanchqi va ignalar o‘tkir bo‘lib,
jarohat yetkazishi mumkin!
Sixni chiqarish paytida kuyib qolmaslik uchun qo‘lqopdan foydalaning,
chunki u qaynoq bo‘ladi.
Bo'lgich * Bo‘lgich pechni ikkita qismga ajratishga mo‘ljallangan. Bo‘lgichni Ikkitalik
tayyorlash rejimida ishlating. Bo‘lgichni tokcha sifatida ishlatmang.
Surilma
yo‘naltirgichlar *
Surilma yo‘naltirgich taxtachasi yordamida patnisni quyidagicha kiriting:
1. Yo‘naltirgich taxtachasini pechdan chiqarib oling.
2. Patnisni taxtachaga qo‘yib, taxtachani pech ichiga surib kirgizing.
3. Pech eshigini yoping.
IZOH
Yulduzchali (*) anjomlarning mavjudligi pech modeliga bog‘liq.
Ikkitalik tayyorlash rejimi
Ikki xil taomni tayyorlash uchun yuqori va pastki qismlarning ikkalasini ham ishlatishingiz mumkin
yoki bittagina qismda tayyorlashingiz mumkin.
Pishirish kamerasini ikkiga ajratish uchun bo‘lgichni
3-qavatga kiriting. Pech bo‘lgichni sezadi va odatiy
tarzda yuqori qismni faollashtiradi.
IZOH
Ikkitalik tayyorlash rejimining mavjudligi retseptga
bog‘liq. Batafsil ma’lumotni shu qo‘llanmaning Aqlli
pishirish bo‘limidan oling.
NV68R5540CB_WT_DG68-00995D-00_UZ.indd 11 2019-11-29  10:42:36

Содержание

Похожие устройства

Скачать