Samsung NV68R5540CB/WT [150/160] Tozalash

Samsung NV68R5540CB/WT [150/160] Tozalash
30 O'zbek
Xizmat ko‘rsatish
Eshikni olish
Oddiy foydalanish maqsadlarida pech eshigi olib qo'yilmasligi kerak, biroq, masalan, tozalash
maqsadida eshikni olish zarur bo'lgan hollarda quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling.
DIQQAT
Pech eshigi og'ir.
1. Eshikni oching va har ikkala ilmoqlardagi
qisqichlarni to'liq oching.
70°
2. Eshikni taxminan 70° ga yoping. Ikkala
qo'llaringiz bilan pech eshigi yon tomonlarining
o'rta qismidan mahkam ushlang va ilmoqlar
olinishi mumkin bo'lgunicha torting.
3. Tozalagandan keyin eshikni biriktirish uchun
1- va 2-qadamlarni teskari tartibda bajaring.
Har ikkala tomondagi ilmoqlarning qisqichlari
yopilishi kerak.
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
OGOHLANTIRISH
Tozalashdan avval pech va anjomlarning soviganiga ishonch hosil qiling
Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung, pichoq
yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.
Pechning ichki qismi
Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq sovunli
suvdan foydalaning.
Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.
Pechning emal yuzasini shikastlanmasligi uchun standart pech tozalagichidan foydalaning.
Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.
Pechning tashqi yuzasi
Pechka eshigi, tutqichi va displeyi kabi tashqi yuzalarni tozalash uchun toza mato va yumshoq
tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va quruq latta yoki sochiq bilan arting.
Ichidan qaynoq havo chiqayotgani uchun yog‘ va kirlar ayniqsa tutqich atroda qolib ketishi
mumkin. Har gal ishlatgandan so‘ng tutqichni tozalash tavsiya etiladi.
Anjomlar
Har gal foydalangandan keyin anjomlarni yuving va oshxona sochig'i bilan quriting. Qotgan kirlarni
ketkazish uchun ishlatilgan anjomlarni yuvishdan oldin iliq sovunli suvda 30 daqiqacha iviting.
NV68R5540CB_WT_DG68-00995D-00_UZ.indd 30 2019-11-29  10:42:41

Содержание

Похожие устройства

Скачать